Gomel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gomel – Belorussiyadagi shahar. Gomel viloyatining markazi. Soj daryosi (Dnepr irmogʻi) boʻyidagi port. Temir yo'l va avtomobil yoʻllari tuguni. Shahardan Sankt-Peterburg–Kiyev–Odessa, Brest–Bryansk–Moskva, Gomel Minsk–Vilnyus avtomagistrallari oʻtadi. Aholisi 475,2 ming kishi (1999), aholisining soni boʻyicha respublikada 2-oʻrindagi shahar. Maydon 11256 ga. Shahar transporti avtobus va trolleybus qatnovidan iborat. Gomeldagi 100 dan ziyod sanoat korxonasi davlat, aksiyadorlik, ijara, qoʻshma va kichik biznes korxonalaridir. Mashinasozlik va metallsozlik (stanoklar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, priborlar va boshqalar), yogʻochsozlik, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. Shuningdek, qurilish detallari zavodi, qurilish materiallari va yigʻma temir beton kombinati faoliyat koʻrsatmoqsa. Savdo korxonalari, 13 katta va kichik bozor, 2 avtomobil bozori, 5 oliy oʻquv yurti (davlat universiteti, transport va texnika davlat universitetlari, kooperativ va tibbiyot institutlari), 6 texnikum, 2 kollej (musiqaped. va sanʼat), litsey, gimnaziyalar, 9 ilmiy tadqiqot instituta, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, telemarkaz, xalqaro aeroport mavjud. Shahar solnomalarda birinchi marta 1142 yil tilga olingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil