Stiven Xoking olami (film)
Stiven Xoking olami | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | James Marsh |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Anthony McCarten |
Qaysi asarga asoslangan |
Jane Hawkingning „Travelling to Infinity: My Life with Stephen“ asari asosida |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Jóhann Jóhannsson |
Kinematografiya | Benoît Delhomme |
Muharrir(lar) | Jinx Godfrey |
Studiya(lar) | Working Title Films[1] |
Distribyutor |
Focus Features (AQSh) Toho-Towa (Yaponiya)[2] Universal Pictures (Xalqaro) |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 123 daqiqa[3] |
Mamlakatlar | |
Til | Inglizcha |
Byudjeti | $15 million[2] |
Daromadi | $123.7 million[2] |
Vikiiqtibosda Stiven Xoking olami mavzusida sahifa mavjud. |
Stiven Xoking olami (inglizcha: „The Theory of Everything“) — 2014-yilda James Marsh tomonidan suratga olingan, fizik olim Stephen Hawking hayotini hikoya qiluvchi biografik, romantik drama film[5][6].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kembrij universiteti astrofizikasi talabasi Stephen Hawking adabiyot talabasi Jane Wilde bilan ishqiy munosabatlarni boshlaydi. Stephen Hawking va uning professori Dennis Sciamaning qora tuynuklar haqidagi maʼruzasidan soʻng, Stephen qora tuynuklar koinotni yaratilishining bir qismi boʻlgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilib, shu haqida oʻz dissertatsiyasini yozishga qaror qiladi. Biroq, Stephenning yiqilib tushib, motor neuron disease borligini bilib oladi. Bundan soʻng u harakatlana olmaydi, yura olmaydi va hatto nafas ham ololmaydi. Bu kasallikning davosi yoʻq boʻlib, shifokor unga 2 yil umri qolganini aytadi. Stephen bundan soʻng oʻz ishiga eʼtibor qaratadi. Bu paytda Jane Wilde uni sevishini tan olib, uning otasiga Stephenning ahvoli yomonlashganiga qaramay, uning yonida qolishini aytadi. Ular turmush qurishadi va birinchi oʻgʻillari Robert tugʻiladi.
Stephen oʻz dissertatsiyasini imtihon komissiyasiga taqdim etadi va uni muvaffaqiyatli himoya qilib, doktorlik unvonini oladi. Bu orada uning yurishi yomonlashib, nogironlar aravachasidan foydalanishni boshlaydi. Uarning qizi Lucy tugʻilgandan soʻng, Stephen qora tuynuklarning koʻrinishi haqidagi nazariyani ishlab chiqadi va dunyoga mashhur fizikga aylanadi. Jane bolalarga, Stephenga eʻtibor qaratib, oʻz dissertatsiyasi ustida ishlay olmaydi va bunda hafsalasi pir boʻladi. U cherkov xoriga qoʻshiladi va u yerda Jonatan bilan uchrashib, u bilan yaqin doʻst boʻlib qolishadi. U uni oʻgli Robert uchun pianino oʻqituvchisi sifatida ishga yollaydi va Jonatan butun oila bilan doʻstlashib oladi. Jane 3-oʻgʻli Timothyni dunyoga keltirganda, Stephenning onasi Janedan bola Jonatannikiligini soʻraydi, u buni rad etadi. Jonatan dahshatga tushib ketishga qaror qiladi, lekin u va Jane yolgʻiz qolganlarida ular bir-birlariga boʻlgan his-tuygʻularini tan olishadi. U oilasidan uzoqlashadi, lekin Stephen unga Janega muhtojligini aytadi.
Bordeauxdagi opera spektakliga tashrif buyurgan Stephen kasal boʻlib, shifoxonaga yotqiziladi. Shifokor Janega erida pnevmoniya borligini va omon qolish uchun traxeostomiya qilish kerakligini aytadi. Ammo bu uni soqov qiladi. U operatsiyaga rozi boʻladi. Stephen imlo taxtasidan foydalanishni oʻrganib, yangi hamshirasi Elaine bilan muloqot qilish uchun foydalanadi. Unga yangi ovoz sintezatoriga ega kompyuterni olib berishadi va undan „Vaqtning qisqacha tarixi“ (inglizcha: „A Brief History of Time“) (1988) kitobini yozish uchun foydalanadi, u xalqaro bestsellerga aylanadi. Stephen Jane mukofot olish uchun AQShga taklif qilinganini va Elaine oʻzi bilan olib ketishini aytadi. Jane ularning oʻrtasida nikoh ish bermayotganini anglab, ajralishga rozi boʻladi. Stephen Elaine bilan maʼruzaga boradi. Maʼruza paytida Stephen bir talabaning qalami tushib ketganini koʻradi; uni olish uchun oʻrnidan turganini tasavvur qiladi, kasalligi unga qanday taʼsir qilganini eslab yigʻlaydi. U tinglovchilarga taʼsirli nutq soʻzlaydi va quyidagi soʻzlar bilan nutqini tugatadi: „Toki hayot bor ekan, demak umid ham bor“.
Stephen birinchi rafiqasi Janeni qirolicha Yelizaveta II ning orden berish marosimiga taklif qiladi. Ular farzandlari bilan birga bu kunni baxtli oʻtkazishadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eddie Redmayne[3][1] — Stephen Hawking rolida[7]
- Felicity Jones[1] — Jane Hawking rolida[7]
- Charlie Cox — Jonathan Jones rolida[7]
- David Thewlis — Dennis Sciama rolida[7]
- Simon McBurney — Frank Hawking, Stephen Hawkingning otasi rolida[7]
- Emily Watson — Beryl Wilde, Jane onasi rolida[7]
- Maxine Peake — Elaine Mason, Stephen Hawkingning ikkinchi rafiqasi rolida[7]
- Harry Lloyd — Brian, Stephen Hawkingning hamxonasi rolida[8]
- Guy Oliver-Watts — George Wilde, Janening otasi rolida
- Abigail Cruttenden — Isobel Hawking, Stephen Hawkingning onasi rolida
- Charlotte Hope — Phillipa Hawking, Stephen Hawkingning singlisi rolida[7]
- Lucy Chappell — Mary Hawking, Stephen Hawkingning singlisi rolida;
- Christian McKay — Roger Penrose rolida[7]
- Enzo Cilenti — Kip Thorne rolida[7]
- Georg Nikoloff — Isaak Khalatnikov rolida
- Alice Orr-Ewing — Diana King, Stephen Hawkingning doʻsti
- Stephen Hawking — oʻzining maxsus qurilmadagi ovozi
- Frank Leboeuf — Swiss doctor[7]
- Michael Marcus — Ellis, Stephen Hawkingning doʻsti
- Adam Godley — Cambridge doctor
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „The Theory of Everything“. WorkingTitleFilms.com. Working Title Films. Qaraldi: 2017-yil 6-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „The Theory of Everything (2014)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
- ↑ 3,0 3,1 „The Theory of Everything“. TIFF.net. Toronto International Film Festival (TIFF) (2014-yil 6-avgust). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „The Theory of Everything (2015)“. British Film Institute. 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
- ↑ Bullock, Dan. „Stephen Hawking biopic 'Theory of Everything' set for Nov. 7 launch“. Variety (2014-yil 10-aprel). Qaraldi: 2014-yil 10-aprel.
- ↑ „'The Theory of Everything' trailer is a heartbreaking inspiration“. HuffPost (2014-yil 6-avgust). Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 „The Theory of Everything begins principal photography“. Working Title Films (2013-yil 8-oktyabr). 2014-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-oktyabr.
- ↑ Anderson, L.V. „How accurate is The Theory of Everything?“. Slate.com. Slate Magazine (2014-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 3-yanvar.