Sport klubi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sport klubi — sportchilar va sport ixlosmandlarini birlashtiruvchi jamoat yoki xususiy tashkilot. Dastlabki sport klublari 17—18-asrlarda Buyuk Britaniyada paydo boʻlgan. Havaskorlik Sport klubi va professional Sport klubi boʻladi. Havaskorl i k Sk.ning byudjeti kasaba uyushmalarining ajratma mablagʻlari, sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, aʼzolik badallaridan tashkil topadi. Professional Sport klubi yirik xususiy korxonalar, qissadorlik jamiyatlari, professional sport tashkilotlari va homiylar tomonidan ajratiladigan mablagʻ hisobiga faoliyat koʻrsatadi. Havaskorlik Sport klubiga taʼlim muassasalari Sport klubi, Qurolli kuchlar — armiya Sport klubi va h.k. misol boʻla oladi. Professional Sport klubiga "Golfklub", "Manchester yunayted", "Real", "Bavariya" va boshqa sport klublarini namuna qilib koʻrsatish mumkin. Oʻzbekistonda futbol, voleybol, tennis, sharqona yakka kurashga ixtisoslashgan bir qancha klublar faoliyat koʻrsatadi. Ularda turli yoshdagi bolalar shugʻullanadi. Bu klublar, asosan, sport maktablari vazifasini bajarmoqda.