Bayer
Jump to navigation
Jump to search
"Bayer" — Germaniyadagi kimyo kompaniyasi, 1863 y.da tashkil topgan. 1992 y.gacha Germaniyaning "I. G. Farbenindustri" kimyo konserni tarkibiga kirgan. Oʻgʻitlar, oʻsimliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, urugʻlik dorilanadigan preparatlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi, agrokimyoviy xizmat koʻrsatadi. Jahondagi 150 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. 1992 y.dan Oʻzbekistonda vakolatxonasi ochilgan. Aylanma kapitali 48,6 mlrd. marka, 141 ming ishchi-xizmatchi ishlaydi (1997).
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |