Solur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Solur, salur — qadimgi turkiyoʻgʻuz qabilalaridan biri. S. lar mil. 24-asrlarda turk (xitoycha tele) nomi bilan atalgan 44 turkiy qabilalar tarkibida boʻlgan. Ayni zamonda oʻgʻuzlar Sharqiy Turkiston hududida, aniqrogʻi Tangri togʻ etaklarida yashagan, keyinchalik Turkiston hududiga tarqalgan. "Devonu lugʻotit turk"aa S. oʻgʻuzlar tarkibiga kirgan 22 urugʻdan birining nomi deb koʻrsatilgan. S.lar qadimda Sayxun (Sirdaryo), Issiqkoʻl atrofidagi joylarda va uning shim.dagi Ili daryosi boʻylarida yashaganlar, soʻngra Xorazm va Xurosonga koʻchib, turli qismlarga boʻlinib ketganlar. S. larning bir qismi oʻzlarini turkman deb atagan, boshqa bir qismi 13701424 yillar Samarqand orqali Sharqiy Turkistonga, soʻngra Xitoyning gʻarbiy oʻlkalari (Gansu va Sinxay)ga borib oʻtroklashgan (qarang Salorlar). Oʻz davrida Gʻarbga koʻchib ketgan S.lar turklar bilan aralashib ketgan. Hozirgi Turkiya hududida ushbu atama bilan ataladigan joy nomlari uchraydi.