Geografik nomlar
Jump to navigation
Jump to search
Geografik nomlar, toponimlar — Yer yuzasidagi geografik obʼyektlarning atoqli nomlari. Toponimlar orasida
- hududlar nomi — xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orol boʻyi),
- suv — gidronimlar (Orol dengizi, Amudaryo),
- relyef — oronimlar (Zarkosa togʻi, Kamchik dovoni),
- aholi turar joylari — oykonimlar (Toshkent shahri, Samarkand shahri, Goʻzalkent qishlogʻi) va boshqa nomlar farq qilinadi.
Geografik nomlar vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzilishiga koʻra bir-biridan farq qilgani holda juda barqarordir. Geografik nomlarda geografik sharoitlar, tarix, til, madaniyat, sivilizatsiya va boshqa omillar aks etgan boʻladi. Geografik nomlarni toponimika tadqiq qiladi.[1][2]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |