Soliyev Bulat Majidovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SOLIYEV Bulat (Bekbulat) Majidovich (1882.22.3, Astraxon 1937.13.10, Toshkent) — tarixchi olim, prof. (1926). Qozon va Ufa sh.laridagi madrasalarda oʻqigan. 1909 yildan Turkiston oʻlkasi qishloqlarida maktablar ochib, oʻqituvchilik kilgan. 1917—18 ylar nashr etilgan "El bayrogʻi" gaz.ning muharriri. Qoʻqonda oʻqituvchilar seminariysi va Fargʻonada qishloq maktablari uchun oʻqituvchilar tayyorlash kurslarini tashkil qilishda qatnashgan (1918). 1919—20 yillarda Toshkentda turli oʻquv yurtlari va kurslarda ishlagan. 1923— 24 yillarda Buxoroda nashr etilgan "Maorif" jur.ning muharriri. 1925— 27 yillarda Moskvadagi qizil professorlar institutida oʻqigan va Sverdlov nomidagi untning tarix ftini tugatgan, ayni vaqtda SSSR xalqlari Markaziy nashriyotida ilmiy xodim. 1927 yildan Samarqandda Oliy pedagogika instituti prof., mazkur Intda Oʻrta Osiyo tarixi kafedrasini tashkil qilib, Oʻrta Osiyo tarixidan dars bergan. "Qizil qalam" adabiy jamiyati aʼzosi. 1936 yildan Oʻzbekiston fanlar qoʻmitasidagi Oʻzbekiston tarixi va adabiy boʻlimi boshligʻi. S.ning ilmiy faoliyati Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻrta Osiyo tarixi, etn. va iqtisodiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. 1937 y. qatagʻon qilingan va otib tashlangan. 1956 y. oklangan. Samarqanddagi koʻchalardan biri S. nomi bilan ataladi.

Manbalar[tahrir]

  • Buxoro oʻlkasi mangʻitlar saltanati davrida, T., 1926; Oʻrta Osiyoda islom dinining tarqalishi, T. — Samarqand, 1928; Oʻzbekiston tarixi (15—19-asrlar), T., 1929. Ad.: Germanov V. A., Professor Pulat Saliyev i yego vremya, T., 2002.