Sobir Oʻnar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sobir Oʻnar
Oʻnarov Sobir Hamzayevich
Sobir O‘nar.jpeg
Tavallud sanasi 25-fevral 1964-yil
Tavallud joyi Quvkalla qishlogʻi, Qo‘shrabot tumani, Samarqand viloyati
Vafot sanasi 18-dekabr 2022-yil(2022-12-18)
(58 yoshda)
Vafot joyi Yunusobod tumani, Toshkent shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ijod yillari 19842022-yillar
Yoʻnalish yozuvchilik
Janr qissa & hikoyalar toʻplami
Asarlari tili oʻzbekcha
Debyut

ilk kitobi — „Orzuga to‘la qishloq“

ilk hikoyasi — „Kunsuluvning xatlari“
Mukofotlari Dustlik rib.png

Oʻnarov Sobir Hamzayevich (2-fevral 1964-yil, Quvkalla qishlogʻi, Qo‘shrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 18-dekabr 2022-yil, Yunusobod tumani, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) — Sobir Oʻnar taxallusi ostida ijod qilgan oʻzbekistonlik yozuvchi, muharrir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Har yili Oʻzbekiston mustaqilligi kuniga bagʻishlab yosh ijodkorlarga beriluvchi „Davlat mukofoti“ (1993-yil) laureati, Doʻstlik ordeni (2022-yil, avgust) sohibi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobir Oʻnar, toʻliq ismi sharifi — Oʻnarov Sobir Hamzayevich[1], 1964-yilning 2-fevral sanasida Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, Quvkalla qishlogʻida tavallud topgan. 1981-yilda qishlogʻidagi oʻrta maktabni tamomlab, Toshkent davlat universiteti (hozir OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan. Universitetni 1986-yilda bitirgan[2]. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Yozuvchi 2022-yilning 18-dekabr sanasida 58 yoshida vafot etdi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliygohni taʼmomlagandan soʻng 1986—2015-yillarda „Yoshlik“ jurnalida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari va bosh muharrir kabi vazifalarda faoliyat yuritgan[4]. 2015-yildan vafotiga qadar „Kuch adolatda“ gazetasida masʼul kotib lavozimida xizmat qilgan[5][6].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adibning dastlabki hikoyasi „Kunsuluvning xatlari“ nomi ostida eʼlon qilingan[7]. „Orzuga toʻla qishloq“ nomli ilk kitobi 1989-yilda nashr etilgan[4]. Keyinchalik „Ovloq adirlar bagʻrida“ (1990-yil), „Chashma“ (1991-yil) kitoblarini ommaga eʼlon qildi. „Inqilob kechasi“, „Dunyo shundoq tururmi?“ kabi qissalarini muxlislariga taqdim etdi. 2006-yilda „Chambilbelning oydalasi“, 2011-yili esa „Bibisora“ nomi ostida qissa va hikoyalar toʻplamlari chop etilgan[5][8][7].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi 1993-yilda har yili mustaqillik kunida yosh ijodkorlarga berilajak „Davlat mukofoti“[9] sohibiga aylangan[6][10]. 2022-yilning avgust oyida „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan[1][11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз бир йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (o'zbekcha). uza.uz. — „Ўнаров Собир Ҳамзаевич - Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, ёзувчи“. Qaraldi: 18-dekabr 2022-yil.
  2. Davron, Xurshid „Собир ЎНАР ТЎРТ ҲИКОЯ“. kh-davron.uz. Qaraldi: 18-dekabr 2022-yil.
  3. „Taniqli yozuvchi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi“. uzreport.news. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „Sobir O'nar (1964)“. https://baxtiyor.uz/sobir-o-nar-haqida-ma-lumot/. 25-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 „Sobir O'nar haqida batafsil ma'lumotlar, Tarjimayi hol“ (o'zbekcha). sirlar.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 „Sobir O‘nar/ Tarjimai hol“ (o'zbekcha). arboblar.uz. — „1993 yil Davlat mukofotiga loyiq topilgan“. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  7. 7,0 7,1 „Sobir O'nar tarjimayi holi, Asarlari“ (o'zbekcha). ilmlar.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  8. „Sobir O‘nar (1964)“. www.ziyouz.com. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  9. „YOSH MUALLIFLARNING ENG YAXSHI ASARLARI VA ILMIY ISHLANMALARI UCHUN O‘ZBEKISTON DAVLAT MUKOFOTINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA“ (o'zbekcha). lex.uz. — „Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.1997“. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  10. „Sobir O‘nar“ (o'zbekcha). akademiklar.uz. — „1993 yil Davlat mukofotiga loyiq topilgan.“. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.
  11. „O‘zbek adibi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi“ (o'zbekcha). daryo.uz. — „Adib 2022-yilning avgustida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.“. Qaraldi: 19-dekabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]