Siyenit
Siyenit (Syene — Siyena, qad. Misrdagi Sun sh., hozirgi Asvon) — intruziv magmatik togʻ jinsi; asosan, ishqorli dala shpatlaridan (60—90%) hamda bir yoki bir necha rangli minerallardan (eng harakterlisi amfibol, 10—12% gacha) tashkil topgan kvarssiz, butunlay kristallangan togʻ jinsi. Odatda, kam miqdorda plagioklaz (oligoklaz, andezin) uchraydi. S.larda baʼzida 5% gacha aksessor minerallar (apatit, sfen, sirkon, magnetit) boʻladi. Ishqorlarning miqdoriga qarab S.lar 3 guruhga — normal va yuqori ishqorli hamda ishqorli S.larga boʻlinadi. Strukturasi toʻliq kristalli va tekis donali yoki porfirsimon. Agarda nefelin qatnashsa tog jinsi nefelinli S, kam miqdorda kvars boʻlsa kvarsli S boʻladi. Ishqoriy dala shpatlariga (ortoklaz va boshqalar) nisbatan plagioklaz miqdori yuqori boʻlgan holda togʻ jinsi Sdan siyenitdiorit va monsonit orqali gabbroga oʻtadi (asosli plagioklazga bogʻliq). Zichligi 2600—2800 kt/m³. Rangli minerallarni ortishi bilan normal S melanokratli S.ga va yana shonkinitga aylanadi. Bezak toshi sifatida va qurilishda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |