Ortoklaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ortoklaz (yun. orthos — toʻgʻri va klasis — sinish, ajralish) — ishqorli dala shpatlari guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. K[AlSi3O8]. Tarkibida K2O-16,9%, A12O3-18,4%, SiO2 -64,7%, qattiqligi 6,5, zichligi 2500 –2600 kg/m3. Tabiatda kam uchraydi. O. koʻpincha albit-anortit minerallari bilan qattiq qorishmalar hosil qiladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari prizmatik shaklda. Maydalanganda 90° burchakli boʻlakchalarga boʻlinadi (nomi shundan). Mikroklindan toʻgʻri sinishi bilan farq qiladi. Har xil rangda (och pushti, och kulrang, qiz-gʻish, qoʻngʻir-sariq yoki oqish, baʼ-zan qizil) boʻladi. Baʼzi gidrotermal oʻzgargan zonalarda O.ning shishasimon shaffof turlari (adulyar) uchraydi. Effuziv jinslardauchraydigan O.ning shaffof turi sinidin deyiladi. O.ning shaffof va yarim shaffof turlari irizatsiya (qirra yoki yuzalarining tovlanishi) xossasiga ega boʻlib, kristallari moviy nur sochadi va oytosh deb ataladi. O.ning bu turlari zargarlikda foydalaniladi, boshqalari keramika va shisha sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil