Amfibollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amfibollar – togʻ jinslari hosil qiladigan silikatlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Magniy, temir, kalsiy, ba’zan alyuminiy va ishqorlarning kremniy-kislorodli bi-rikmasi. Umumiy formulasi. Monoklin va ahyon-ahyonda rombik singoniyali. A. ichki tuzilishi, fizik xususiyatlari va hosil boʻlish sharoitlari bilan boshqa silikatlardan farq qiladi. A. siyenitlar, dioritlar, gabbro-amfibolitlar, amfi-bolli slaneslar va boshqa tarkibiga kiradi. A. kimyoviy tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin fizik xusu-siyatlari bilan oʻzaro oʻxshash. Qattiqligi 5–6,5. S.ogʻ. 2,8–3,6. Rangi minerallar tarkibidagi temir miqdoriga qarab, oq, sargʻimtir, yashil, qora va qoʻngʻir boʻladi. A. magmatik, metamorfik jinslarda, skarnlarda paydo boʻladi. A. vulkan lavalari tarkibida ham koʻp uchraydi. Umumiy miqdori Yer poʻstining qariyb 10% ini (massasi boʻyicha) tashkil qiladi. Ukra-ina, Uralda topilgan. A. Oʻzbekistonda juda keng tarqalgan (Olmaliq atroflari, Chatqol togʻlari, Oʻzbekistonning gʻarbidagi volfram, molibden konlari va boshqa joylarda). A.ning ba’zi xillari, jumladan, amfibol-asbestning mayin, egiluvchan tolalaridan oʻtga va kislotaga chidamli materiallar tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil