Monsonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monsonit (Italiyadagi Monsoni togʻi nomidan) — kristalli magmatik togʻ jinsi; taxminan teng miqdordagi kaliynatriyli dala shpati (ortoklaz va Labrador) va temirli magnezial minerallardan tuzilgan. M.ning nordonroq xillarida ozroq miqdorda kvars boʻladi. Tarkibidagi minerallarning nisbatiga koʻra, M.li jinslar gabbro va siyenit oraligʻida boʻladi. Teksturasi, asosan, massivli. Rangi kulrang , kulrang-pushti. Qoramtir mineral boʻyicha avgitli, biotitli va h.k. boʻladi. Fizikaviy xossasi dioritga yaqin M.lar zich, yirik donador jins si-fatida alohida massivlarni hosil qiladi. Murakkab tarkibli intruzivlar tuzilishida ishtirok etadi. M.ning porfirli turlari Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida uchraydi. Xorijda Ukraina, RF (Baykal atrofida), Italiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda bor. Jilolanuvchi turlaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil