Kontent qismiga oʻtish

Signe Kivi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Signe Kivi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-fevral 1957-yil (1957-02-24) (67 yosh)
Tallin, Estoniya SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Estoniya islohotlar (estoncha: Eesti Reformierakond) partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Kalju Kivi
Taʼlim Estoniya SSR Sanʼat instituti
Kasbi toʻqimachilik rassomi, siyosatchi
Faoliyati siyosat

Signe Kivi (qizlik familiyasi Buschmann, 24-fevral 1957-yil, Tallin) — estoniyalik toʻqimachilik rassomi, siyosatchi va davlat arbobi. Estoniya islohotlar (estoncha: Eesti Reformierakond) partiyasi aʼzosi. 2019-yildan beri Estoniya Riigikoguning 14-chaqiriq deputati[1]. Oldin Estoniya Kongressi aʼzosi (1990—1992), Madaniyat vaziri (1999—2002)[2], Estoniya Riigikoguning 9 va 10-chaqiriqlar deputati (2003—2005), professor (1997—2000) va Estoniya Badiiy akademiyasi rektori (2005—2015), Tartu sanʼat muzeyi direktori (2017—2019) boʻlib ishlagan[3]. Finlyandiya Arslon ordenining Katta xochi (2001), 4-darajali Oq yulduz ordenibilan mukofotlangan (2004), Portugaliya xizmatlari uchun ordeni (2006), Belgiya toj ordeni komandori (2008)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Signe Kivi (1999-yil)

1957-yil 24-fevralda Tallin shahrida tugʻilgan. Onasi Urve Bushmann Estoniya folklor arxivi xodimi boʻgan boʻlib, 2018-yilda folklor toʻplashdagi xizmatlati uchun Prezident mukofoti bilan taqdirlangan[4]. 1975-yilda Pelgulinndagi Tallin 46-oʻrta maktabini tamomlagan. Maktabda suzish, yengil atletika, gimnastika va xalq raqslari bilan shugʻullangan. 1984-yilda Estoniya SSR Sanʼat institutini toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini badiiy dizayn va modellashtirish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan va magistrlik darajasiga mos keluvchi darajani olgan[1]. 1980-1985-yillarda „Kodu“ (Rahvatööndusettevõte „Kodu“) xalq hunarmandchiligi birlashmasida, 1985-1991-yillarda Estoniya SSR Badiiy fondining Tallindagi „Ars“ kombinatida ishlagan[1]. 1988-yildan Estoniya SSR Sanʼat institutida dars bergan. 1997—2000-yillarda Estoniya Badiiy akademiyasining professori, 1999-yildan toʻqimachilik kafedrasi mudiri, 2002-yildan taklif etilgan professor, 2005—2015-yillarda Estoniya Badiiy akademiyasining rektori[1]. 1987-yildan Estoniya rassomlar uyushmasi aʼzosi. 1995-yildan 1998-yilgacha uyushmaning vitse-prezidenti, keyinroq esa 1999-yilgacha prezidenti boʻlgan[1]. 1990—1992-yillarda Estoniya Kongressi aʼzosi, Estoniya Kongressida Estoniya ayollar ittifoqini tiklash boʻyicha tashabbus guruhi aʼzosi boʻlgan[1]. 1999-yilda Mart Laar hukumatida madaniyat vaziri boʻladi[3]. Shuningdek, Estoniya madaniyat masalalari boʻyicha kengashi hamda Estoniya sport kengashining raisi boʻlgan. Mart Laar isteʼfoga chiqqanidan keyin Siim Kallasning hukumati davrida ham madaniyat vaziri lavozimini saqlab qoladi. Kultuurkapital davlat jamgʻarmasi rahbari Avo Viiol davlat gʻaznasi pullarini talon-toroj qilishi tufayli Signe Kivi isteʼfoga chiqadi[2], 2002-yil 23-avgustda Bosh vazir tomonidan uning isteʼfosi maʼqullangan[1]. 1998—2006-yillarda, 2014-yildan hozirgacha Estoniya islohotlar partiyasi aʼzosi. 1996—1999-yillarda, 2002-yillarda Tallin shahar assambleyasining deputati, 1999-yilda ham saylangan, ammo madaniyat vaziri etib tayinlanganligi sababli Tallin shahar assambleyasini tark etgan. 2003-yilda 9-chaqiriq Riigikogu deputati. 2003-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra 10-chaqiriq Riigikogu deputati etib saylangan. 2003—2005-yillarda madaniyat komissiyasi raisining oʻrinbosari. 2005-yilda Estoniya Badiiy akademiyasiga rektor etib tayinlangani sababli Riigikoguni ham tark etadi[3][1]. 2017-yil 26-iyunda Tartu sanʼat muzeyi direktori lavozimiga tayinlanadi. 2019-yilgi parlament saylovi natijalariga koʻra Tartu saylov okrugidan 14-chaqiriq Riigikogu deputatlik mandatini qoʻlga kiritib[3][1], direktorlik lavozimini tark etgan.

Madaniyat masalalari boʻyicha parlament komissiyasi aʼzosi[1]. 2009-yilda Estoniyaning Yevropa ijodkorlik va innovatsiyalar yili (EYCI)dagi elchisi. 2019-yildan Estoniya Milliy kutubxonasi boshqaruvi aʼzosi[1]. Signe Kivi Estoniya va xorijdagi koʻplab koʻrgazmalarda qatnashgan, Estoniya matbuotidagi bir qator maqolalar muallifi[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995—2011-yillarda Estoniya qoʻgʻirchoq teatri (hozirgi Estoniya yoshlar teatri) bosh rassomi boʻlgan Kalju Kivi bilan turmush qurgan. Toʻrt oʻgʻli (shundan ikkisi oʻgay), olti nabirasi bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 „Сигне Киви“. Рийгикогу (2020-yil 18-iyun). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  2. 2,0 2,1 Михайлов, Сергей. „Государство требует банкротства растратчика казенных денег Аво Вийоля“. ERR (2019-yil 11-mart). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Малова, Дина. „Йоанна Хоффман: самая большая мечта - новое здание для Тартуского художественного музея“. ERR (2020-yil 21-oktyabr). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  4. „Премия за собирание фольклора“. Канцелярия Президента Республики. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.