Kontent qismiga oʻtish

Sherbaqti (tuman)

Koordinatalari: 52°30′0″N 78°9′36″E / 52.50000°N 78.16000°E / 52.50000; 78.16000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sherbaqti tumani
Шарбақты ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Sherbaqti
Asos solingan sanasi 1928-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 21 349[1]
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 41,36%
Ruslar - 34,83%
Ukrainlar - 11,74%
Olmonlar - 6,82%
Tatarlar - 1,7%
Beloruslar - 0,84%
Ingushlar - 0,75%[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 6,9 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Pochta indeksi 141100-141113[2]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
Sherbaqti tumani xaritada
52°30′0″N 78°9′36″E / 52.50000°N 78.16000°E / 52.50000; 78.16000

Sherbaqti tumani — Pavlodar viloyatining tarkibidagi tuman. Aholisi 2012-yilgi statistika boʻyicha 21,349 kishi, Maydoni 6,9 ming km2. Tuman markazi — Sherbaqti qishlogʻi.

1928-yili 17-yanvarda tarkibida shu paytda Volodarskiy deb nomlanuvchi hozirgi Sherbaqti tumani ham mavjud, jami 9 tumanni oʻz tarkibiga olgan Pavlodar okrugi tashkil topdi. Sherbaqti tumanining markazi Voznesenka qishlogʻi boʻldi. 1930-yillarning boshida Sherbaqti tumani Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tarkibida boʻldi. 1938-yining 15-yanvaridan boshlab Pavlodar viloyatining tarkibiga kirdi. 1930-yillarning boshidan chegaralar doimiy ravishda oʻzgarishga uchrab turdi va qishloq-sovetlarga boʻlindi. 1944-yilning 8-mayida tuman Tsuryupinskiy va Galkinskiy boʻlib ikkiga boʻlindi. 1963-yilning 2-yanvarida Sherbaqti tumanining nomi Tsuryupiskiy tumanidan Sherbaktinskiy boʻlib oʻzgartildi. Markazi Sherbaqti qishlogʻi boʻldi, viloyat markazi Pavlodar shahridan 85 km uzoqlikda joylashgan. Tumanni Rossiya bilan bogʻlab turuvchi temir yoʻli mavjud.

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil):[3]

Dinamika soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisining soni 1999-yilda 29,0 ming kishini tashkil qildi, 2012-yilda esa — 21,3 ming kishi tashkil qildi.

Geografik sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman shimoliy tarafidan Uspen tumani bilan, shimoliy-sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubiy tarafidan — Lebyaji tumani bilan, gʻarbida — Pavlodar tumanlari bilan chegaradosh.

Tuman iqlimi mutlaq kontinentalli. Tumanda bahor va yoz oylaridagi qurgʻoqchilik boʻladi, qish oyida qahraton sovuq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º-19 °C, iyul oyiniki — +20º+21 °C. Tumanda asosan yogʻingarchilik bahor oylariga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori 250–300 mm.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibida 16 ta qishloq mavjud: Sherbaqti, Aleksandrovskiy, Alekseevskiy, Galkinskiy, Jilbulaq, Ilichyovskiy, Krasilovskiy, Qarabiday, Nazarovskiy, Orlovskiy, Severniy, Sosnovskiy, Tatyanovskiy, Xmelnitskiy, Chigirnovskiy, Shalday. Qishloqlarning pochta indekslari: Aleksandrovka — 141101; Alekseevka — 141102; Bogodarovka — 141103; Galkino — 141104; Krasilovka — 141105; Nazarovka — 141106; Orlovka — 141107; Saxnovka — 141108; Severnoe — 141109; Sosnovka — 141110; Tatyanovka — 141111; Xmelnitskoe — 141112.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherbaqti tumanida 28 ta umumiy bilim beruvchi maktab, 1 kasbiy maktab-litsey faoliyat yuritmoqda.

Tumanga Sherbaqti markaziy tuman kasalxonasi hizmat koʻrsatadi.

1931-yildan buyon tuman „Tribuna“ roʻznomasi nashr qilinmoqda. Tumanda Sherbaqti markaziy tuman kutubxonasi mavjud. Monumentalli tarixiy yodgorliklari: 1920-yili Fuqoro urushi fahriylarining ziyorathogi, Aleksandrovka qishlogʻi Mehnat unvoni haykali, DT-54 traktori, 1979-y., Saxnovka qishlogʻi. Ulugʻ Vatan Urushida vafot etganlar uchun memorial.

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Alimbaev Muzaffar — Qozogʻiston xalq yozuvchisi, Davlat sovgʻasining laureati.
  2. Shaxmardan Qaydaruli Abilev — opera qoʻshiqchisi, pedagog, QR mehnati singan qoʻshiqchisi (1994)
  1. 1,0 1,1 Департамент статистики Павлодарской области, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-17
  2. „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
  3. Departament statistiki Pavlodarskoy oblasti, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-17