Toxir Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toxir Oripov
Tavalludi 7-sentabr 1945-yil
Mukofotlari El-urt khurmaty rib.pngMehnat shuhrati ordeni

Oripov Toxir Fotixovich (1945.7.9, Toshkent) — biofizika va ekologiya sohasidagi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Biologiya fanlari doktori (1988), professor (1990). ToshDUni tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1975-yildan), Oʻzbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi (1992—93), rais muovini (1993—94), raisi (1995 — 97), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant (1994-95). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslaxatchisi (1997), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1997-yildan). Asosiy ilmiy ishlari oqsil moddalarning biomembranalar bilan taʼsirlanish biospektroskopiyasiga oid. O. rahbarligida sitotoksinlarning biologik membranalar modeli bilan taʼsirlanish mexanizmi, sitotoksin molekulalarning shakli, oʻlchami, ularning fosfolipidli membranalarda joylashishi, lipid va suv fazalarida taqsimlanish qonuniyatlari, gossipol va gossipol modifikatsiyalarining strukturasi aniqlangan. Tioninni ajratib olish texnologiyasi va uning taʼsiri muammolari tadqiq qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil