Shavkat Solihov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Shavkat Ismoilovich Solihov
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti
Mansabda
2006-yil — 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Oripov Toxir Fotixovich
Vorisi Yoʻldoshev Behzod Sodiqovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-dekabr 1944-yil (1944-12-12) (77 yosh)
Toshkent
Mukofotlari El-urt khurmaty rib.pngMehnat shuhrati ordeni

Shavkat Ismoilovich Solihov (1944.12.12, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Biol. fanlari doktori (1984), professor (1984), Urta Osiyo universitetini tugatgan (1967). Toshkent Davlat Universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida ilmiy xodim (1967 —73), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo boʻlimida katta ilmiy xodim (1973 —92), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti direktori (1993-yildan), ayni vaqtda, oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriya mudiri. Oʻzbekiston milliy universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar va peptidlar tuzilishi hamda xossalarini oʻrganishga oid. S. Oʻrta Osiyo jonivorlari zahari tarkibidagi toksinlar, fermentlar va shahri k. biologik faol moddalarning tuzilishi hamda funksiyasini oʻrgandi, 50 dan ortiq fiziologik faol oqsillar va peptidlarni ajratib odni, bulardan 15 tasining kimyoviy strukturasini aniqladi. S. rahbarligida gʻoʻza fitogormonining taʼsir mexanizmi urganilib, etilen, auksin, sitokinin retseptorlari funksiyasini tekshirish asosida defoliatsiyalash va oʻstirish faolligiga ega moddalarning skrining mezoni, kam gossipolli kunjara olish texnologiyasi ishlab chiqildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yad karakurta (v soavtorstve), T., 1985.