Schomburgk kiyigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
†Schomburgk kiyigi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Seltodaktillar
Oila: Bugʻusimonlar
Urugʻ: Rucervus
Turlari: †Schomburgk kiyigi
Binar nomi
†Rucervus schomburgki
(Blyth, 1863)
Sinonimlari
Cervus schomburgki (Blyth, 1863)
Shomburg kiyigining dunyodagi yagona tulumi

Schomburgk kiyiklari (lotincha: Rucervus schomburgki) kiyiklar oilasining yoʻqolib ketgan turi. Markaziy Tailandda yashagan Schomburgk kiyigi 1863-yilda Edward Blyth tomonidan tasvirlangan va 1857-yildan 1864-yilgacha Bangkokdagi Britaniya konsuli vazifasida faoliyat yuritgan ser Robert Herman Schomburgk sharafiga nomlangan[1]. Schomburgk kiyiklari 1938-yilga kelib yoʻq boʻlib ketgan deb ishoniladi, ammo bu tur hali ham mavjudligi haqida taxminlar bor.

Tashqi koʻrinishi va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu goʻzal kiyik edi, tashqi koʻrinishi barasingaga oʻxshagan. Uning terisi quyuq jigarrang, qorin sohasi och rangda boʻlgan. Quyruqning pastki qismi oq tusli edi. Erkaklarining shoxlari savatsimon boʻlib, yagona asosidan shoxlangan. Urgʻochilarida shoxlari boʻlmagan.

Yashash hududlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schomburgk kiyiklari Tailandning markaziy qismida, ayniqsa Bangkok yaqinidagi Chao Praya daryosi vodiysida baland oʻt, qamish va butalar bilan qoplangan botqoqli tekisliklarda yashagan. Kiyik oʻsimliklar zich oʻsgan joylardan oʻzini olib qochgan. Ushbu turning bir podasida bitta katta yoshli erkak, bir nechta urgʻochi va ularning bolalari yashagan. Biroq, musson mavsumida sodir boʻlgan suv toshqini paytida, podalar bu davrda orollarga aylanishi mumkin boʻlgan balandroq joylarda toʻplanishga majbur boʻladi. Bu Schomburgk kiyiklarini ovchilar uchun oson oʻljaga aylantirgan[1].

Yoʻqolib ketishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tailandda XIX asrning oxirida guruch eksporti boshlangan, bu Schomburgk kiyiklari yashaydigan deyarli barcha yaylov va botqoqli hududlarni guruch plantatsiyalariga aylantirishga olib kelgan. XIX—XX asrlar boshi intensiv ov turlarini qoʻllagan holda kiyiklar ovlay boshlangan. Bu holat toki turning butunlay yoʻq boʻlib ketginiga qadar davom etgan[2].

Kiyiklar goʻshti va shoxlari uchun ovlangan, ular anʼanaviy xitoy tibbiyotida qoʻllanilgan.

Schomburgk kiyiklarining yovvoyi populyatsiyasi 1932-yilda haddan tashqari ovlanish tufayli yoʻqolib ketgan va bu oxirgi kiyik 1938-yilda oʻldirilgan, deb ishoniladi[3]. Bu tur 2006-yilgi IUCN Qizil roʻyxatida yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan turlar roʻyxatiga kiritilgan . Ammo baʼzi olimlar bu tur bugungi kunda ham mavjud boʻlishi mumkinligiga ishonishadi[4]. Ayni paytda Parijdagi Milliy tabiiy tarix muzeyida yagona Schomburgk kiyigi tulumi mavjud. Tulum 1868-yilgacha Parijdagi hayvonot bogʻida yashagan kiyikdan qilingan.

1991-yilda Laosdagi anʼanaviy xitoy tibbiyoti doʻkonida gʻayrioddiy kiyik shoxlari topilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotida ishlaydigan agronom Loran Chaze fotosuratlardagi shoxlarni Schomburgk kiyiklariga tegishli ekanligini aniqlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Ellis, Richard. No Turning Back: The Life and Death of Animal Species. New York: Harper Perennial, 2004 — 311–312 bet. ISBN 0-06-055804-0. 
  2. „Cervus schomburgki“, World Conservation Monitoring Centre 1996, IUCN Red List of Threatened Species, 2004, qaraldi: 22 April 2006
  3. „Sakarin Krue-On | Tang Contemporary Art“ (en). tangcontemporary. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  4. MacPhee, R. D. E.; Flemming, C.. Extinctions in Near Time. New York: Kluwer Academic/Plenum Publishers, 1999 — 333—371 bet. ISBN 0-306-46092-0. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]