Sinonimlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sinonimlar (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.

Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.

S.lar qatoridagi bir suz bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... S. qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Azim Hojiyev.