Sayyid Qosimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyid Qosimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Sayyid Qosimiy (arabcha: سيد قاسمي — Sayyid Qosimiy — (XV asrda yashagan)) — shoir.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

'Sayyid qosimiy (XV asr) — shoir. Asarlaridan maʼlum boʻlishicha, Sayyid Qosimiy muhtojlikda kun kechirgan. Sharq klassiklari ijodini chuqur oʻrgangan. Shoirning bizgacha 4468 misradan iborat „Majmaʼ ulaxbor“ (1456—57), „Haqiqatnoma“ (1458—59), „Sadoqatnoma“, „Gulshani roz“ didaktik asarlari yetib kelgan. Ularda zamonasining ijtimoiy-siyosiy, axloqiy taʼlimiy masalalari aks etgan. „Majmaʼ ulaxbor“ dostoni Nizomiy va Haydar Xorazmiyning „Maxzan ulasror“iga nazira sifatida yozilib, Sulton Abdusaid Mirzo (hukmronligi: 1451—69)ga bagʻishlangan. Farididdin Attorning „Ilohiynoma“ siga javob tariqasida „Sadoqatnoma“ asarini yozgan. „Gulshani roz“ shahar hokimi Jamoliddin Sayyid Mazid haqida, unda Sayyid Mazid maʼrifatparvar, odil, xalqqa va ilm ahliga gʻamxoʻr kishi sifatida tasvirlangan. Asarda muallifning orzuumidlari bayon etilgan, uning yozishicha, inson oʻzidan soʻng ikki narsa — shirinsoʻzlik hamda toʻgʻrilik, poklik bilan qilingan ish qoldirishi kerak. Toki u oʻlgandan keyin kishilar yaxshi inson sifatida eslab yursinlar. Asarlari qoʻlyozmasi Hindistonning Rampur shahridagi „Rizo“ kutubxonasida (inv. № 753, 48, 85), fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • “Majma’u-l-axbor”,
  • “Haqi-qatnoma”,
  • “Sado­qatnoma”,
  • “Gulshani roz”

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Masnaviylar majmuasi, T., 1992.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qosimxonov B., Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari, T., 1987.