Kontent qismiga oʻtish

Sanjō (Niigata)

Koordinatalari: 37°38′12.4″N 138°57′42.0″E / 37.636778°N 138.961667°E / 37.636778; 138.961667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sanjō

三条市
Shahar
Skyline of Sanjō
Sanjō
Bayroq
Sanjō
Gerb
37°38′12.4″N 138°57′42.0″E / 37.636778°N 138.961667°E / 37.636778; 138.961667
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 43,197 km2 (16,678 kv mi)
Iqlim turi nam iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-iyul)
95 706
Zichligi 222 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0256-34-5511
Sanjō xaritada
Sanjō
Sanjō

Sanjō (yaponcha: 三条市 Sanjō-shi?) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra shaharda 36.201 xonadon va unda 95.706 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 222 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 431,97 kvadrat kilometr (166,78 mi²) ga teng.

Sanjo shimoliy-markaziy Niigata prefekturasining ichki mintaqasida joylashgan. Tokiodan Jōetsu Shinkansen yoʻnalishi orqali taxminan 2 soat yoki Kan-Etsu va Hokuriku ekspress yoʻlida 4 soat yoʻl masofada oʻrnashgan. Shinano daryosi janubiy-gʻarbiy tomondan shimolga tomon oqib oʻtadi. Ikarashi-gava daryosi esa shahar hududning markazidan oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanjo nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Sanjoda oʻrtacha yillik harorat 13.6 °C (56.5 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,056.3 mm (80.96 in) boʻlib, eng seyogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.2 °C (79.2 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 2.0 °C (35.6 °F) atrofida boʻladi.

Sanjō (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 14,3 21,7 23,7 30,5 33,7 36,1 39,5 40,4 40,4 36,0 25,0 19,1 40,4
Oʻrtacha maksimal, °C 4,9 5,6 10,0 16,6 22,2 25,5 29,1 30,8 27,0 20,8 14,2 8,0 17,9
Oʻrtacha minimal, °C −0,5 −0,8 1,5 6,3 12,4 17,3 21,5 22,5 18,4 12,0 6,1 1,7 9,9
Mutlaq minimal, °C −12,5 −10,3 −5,6 −2,2 3,8 8,6 13,9 12,4 7,8 2,8 −2,2 −10,4 −12,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 219,6 137,0 123,6 98,0 94,2 132,5 243,2 171,6 144,6 160,4 236,7 287,8 2 056,3
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Sanjo aholisi soni 1985-yilda eng yuqori choʻqqiga yetgan va oʻshandan beri doimiy ravishda kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1970102,22—    
1980109,429+7.1%
1990110,228+0.7%
2000107,662−2.3%
2010102,292−5.0%
202094,642−7.5%
Honjoji ibodatxonasi

Hozirgi Sanjo hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida bu hudud 1598-yildan 1651-yilgacha Tokugava syogunatligi ostidagi feodal domeni boʻ;ish Sanjo domenining bir qismi boʻlgan. Keyinchalik u Nagaoka domenlari, Murakami domenlari va toʻgʻridan-toʻgʻri syogunat tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi oʻrtasida boʻlib olingan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Niigata Minamikanbara tumanining bir qismi sifatida tashkil etildi. Sanjo shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1934-yil 1-yanvarda u shahar maqomiga koʻtarildi. Kuchli yomgʻir 1961 va 2004-yillarda katta toshqinlarga sabab boʻlgan. 2005-yil 1-mayda Sakae shahri va Shitada qishlogʻi (ikkalasi Minamikanbara tumanidan) Sanjoga birlashtirildi.

Sanjo shahar hokimiyati

Sanjo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega[5]. 2020-yil 8-noyabrda advokat Ryo Takizava Sanjoning navbatdagi meri etib saylangan[6].

Tsubamesanjo mintaqaviy sanoatni rivojlantirish markazi tadqiqot markazi

Sanjo anʼanaviy ravishda temir hunarmandchiligi, xususan pichoq va qaychi ishlab chiqarishi bilan mashhur. Quyidagi korxonalarning shtab-kvartirasi Sanjoda joylashgan.

  • Snow Peak (lager uskunalari ishlab chiqaruvchisi)
  • Marunao (chopsticks ishlab chiqaruvchisi)
  • Suwada (tirnoq parvarishi ishlab chiqaruvchisi)

Shuningdek, u oktyabr oyida yiliga bir marta mahalliy zavodlar festivali oʻtkaziladigan munitsipalitetlardan biri hisoblanadi (Kouba no Saiten).

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanjoda 25 ta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi mavjud va prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

JR Sharqiy yoʻnalish — Joetsu Shinkansen

  • Tsubame-Sanjō

JR Sharqiy liniyasi — Shin'etsu magistral liniyasi

  • Obiori — Tōkōji — Sanjō — Higashi-Sanjō — Honai

JR Sharqiy yoʻnalish — Yahiko liniyasi

  • Tsubame-Sanjo — Kita-Sanjō — Higashi-Sanjō

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Hokuriku tezkor yoʻli — Sanjo IC
  • Milliy yoʻnalish 8
  • Milliy yoʻnalish 289
  • Milliy yoʻnalish 290
  • Milliy yoʻnalish 403

Qardosh shaharlar bilan munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanjoning taniqli odamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Sanjō city official statistics(yaponcha)
  2. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  3. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  4. Sanjō population statistics
  5. Sanjō City Assembly homepage (Wayback Machine saytida 2018-10-27 sanasida arxivlangan)(yaponcha)
  6. „新潟県三条市長選挙、滝沢亮氏が初当選“ (yaponcha). 新潟県内のニュース|にいがた経済新聞. Qaraldi: 9-noyabr 2020-yil.
  7. 7,0 7,1 „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 8-dekabr 2015-yil.
  8. Chihiro Kaneko
  9. „Tetsuji Morohashi Museum“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.