Kariva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kariva

刈羽村
Qishloq
Skyline of Kariva
Kariva
Bayroq
Kariva
Gerb
37°25′19.6″N 138°37′21.3″E / 37.422111°N 138.622583°E / 37.422111; 138.622583 G OKoordinatalari: 37°25′19.6″N 138°37′21.3″E / 37.422111°N 138.622583°E / 37.422111; 138.622583 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 2,627 km2 (1,014 mi²)
Iqlim turi nam iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-iyul)
4 578
Zichligi 174 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0257-45-2244
Kariva xaritada
Kariva
Kariva

Kariva (yaponcha: 刈羽村 Kariva-mura?) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, qishloqda 1613 ta xonadonda 4578 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 174 nafardan toʻgʻri keladi[1]. Qishloqning umumiy maydoni 26,27 kvadrat kilometr (10,14 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kariva markaziy Niigata prefekturasida, Nagaoka va Kashivazaki shaharlari oʻrtasida joylashgan va ikkita uzluksiz hududdan tashkil topgan. Kariva Yapon dengizi yaqinida oʻrnashgan boʻlsa-da, ammo qirgʻoq chizigʻiga ega emas. Tokioga poezdda (mahalliy poezdlar va Nagaokadan Joetsu Shinkansen orqali) borish mumkin yoki Kan-Etsu ekspress yoʻlida avtomobilda yetib borish uchun 3 soatdan koʻproq vaqt sarflanadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Kariva aholisi soni taxminan 1990-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shundan beri doimiy ravishda pasayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19705,429—    
19805,346−1.5%
19905,522+3.3%
20005,028−8.9%
20104,8−4.5%
20204,38−8.8%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Kariva hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tokugava syogunatining tenryo xoʻjaligi tarkibiga kiritilgan. Kariva qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan Niigataning Kariva tumani tarkibida tashkil etilgan. 1956-yil 30-sentyabrda qoʻshni Nakadori qishlogʻining bir qismi Karivaga qoʻshib yuborildi. Xuddi shunday, 1959-yil 10-aprelda qoʻshni Futada qishlogʻining bir qismi ham Karivaga qoʻshib berildi.

2007-yil Chuetsu dengizidagi zilzila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kashivazaki qirgʻoqlari yaqinida sodir boʻlgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida 10 kishi halok boʻlgan, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan, shuningdek, elektr taʼminotida katta uzilishlar sodir boʻlgan. Jami 340 dan ortiq uy vayron boʻlgan va minglab odamlar vaqtinchalik boshpanalarda yashashga majbur boʻlishgan. Zilzila Kashivazaki-Kariva atom elektr stansiyasida elektr transformatorida yongʻin chiqishi, sarflangan yoqilgʻi hovuzidan suv sizib chiqishi va xavfsizlik bilan bogʻliq boshqa koʻplab hodisalarga ham sabab boʻlgan[3].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kashivazaki shahri bilan birgalikda Kariva Tokio elektr energetika kompaniyasining Kashivazaki-Kariva atom elektr stansiyasining markazi boʻlib, bir vaqtlar elektr quvvati reytingi boʻyicha dunyodagi eng yirik yadroviy stansiya boʻlgan. 2011-yil apreldagi zilziladan keyin qayta ishga tushirilgan barcha bloklar yopilgan va xavfsizlikni yaxshilash ishlari olib borilmoqda. 2022-yil avgust holatiga koʻra, hech bir blok qayta ishga tushirilmagan[4].

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karivada uchta davlat boshlangʻich maktabi va qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda oʻrta maktab mavjud emas.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

JR Sharq — Echigo liniyasi

  • Arahama — Kariva

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • hokuriku tez yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 8
  • Milliy yoʻnalish 116
  • Milliy yoʻnalish 352

Qardosh shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kariva Midden (tarixdan oldingi joy)
  • Tohuku-in (maʼbad)
  • Joraku-ji (maʼbad)
  • Hozo-ji (maʼbad)
  • Katsuyama qal’asi qoldiqlari (Hozir piyoda yoʻl sifatida foydalaniladi)
  • Akada qal’asi qoldiqlari (Hozir piyoda yoʻl sifatida ishlatiladi)

Festivallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Takiya Toro Oshiai Matsuri (Fonar jangi festivali) (aprel)
  • Shaftoli gullari festivali (aprel)
  • Kariva-mura Furusato Matsuri (qishloq festivali) (avgust)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kariwa official statistics (yaponcha)
  2. Kariwa population statistics
  3. „Japanese nuke plant leaked after earthquake“. Associated Press (16-iyul 2007-yil). 10-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2007-yil.
  4. Kashiwazaki Kariwa PRIS database (accessed August 2022)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]