Shibata (Niigata)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shibata

新発田市
Shahar
Skyline of Shibata
Shibata
Bayroq
Shibata
Gerb
37°56′52.5″N 139°19′38.2″E / 37.947917°N 139.327278°E / 37.947917; 139.327278 G OKoordinatalari: 37°56′52.5″N 139°19′38.2″E / 37.947917°N 139.327278°E / 37.947917; 139.327278 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 53,310 km2 (20,580 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil 31-dekabr)
96 236
Zichligi 179 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0254-22-3030
Shibata xaritada
Shibata
Shibata
Shibata shahar hokimiyati

Shibata (yaponcha: 新発田市 Shibata-shi?) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra, shaharda 37.017 ta xonadonda 96.236 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 179 kishini tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 533,10 kvadrat kilometr (205,83 mi²) ga teng[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shibata shimoliy-markaziy Niigata prefekturasining asosan ichki qismida, Echigo tekisligining shimoliy chekkasida, Yapon dengizining kichik qirgʻoq hududida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shibata nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shibatada oʻrtacha yillik harorat 13,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1920 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorat esa yanvarda, 1,2 °C atrofida boʻladi[3].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Shibata aholisi soni taxminan 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va oʻshandan beri pasayish kuzatilmoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1960103,738—    
1970101,245−2.4%
1980102,134+0.9%
1990104,499+2.3%
2000106,016+1.5%
2010101,202−4.5%
202094,927−6.2%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Shibata hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Bu hudud Edo davrida Tokugava syogunati ostida Shibata domenining qal’a shaharchasi sifatida rivojlangan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, hudud Niigata, Kitakanbara tumaniga aylantirildi. Shibata shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. 1947-yil 1-yanvarda u shahar maqomiga koʻtarildi. 2003-yil 7-iyulda Toyoura shahri (Kitakanbara tumanidan) Shibataga birlashtirildi. Xuddi shunday, 2005-yil 1-mayda Shiunji shahri va Kajikava qishlogʻi (ikkalasi ham Kitakanbara tumanidan) ham Shibata shariga qoʻshib olindi[1].

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shibata shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 27 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Shibata, Seiro shahri bilan birgalikda Niigata prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Niigata 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shibata iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi, asosiy ekini guruch hisoblanadi. Sanoat sake tayyorlash va plastmassa komponentlarini ishlab chiqarish sohalarini oʻz ichiga oladi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shibatada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 19 ta davlat boshlangʻich maktabi va 10 ta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek shaharda Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan yettita davlat oʻrta maktabi mavjud va prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Keiva kolleji ham Shibatada joylashgan.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

JR Sharqiy yoʻnalish — Uetsu magistral liniyasi

  • Tsukioka - Nakaura - Shibata — Kaji — Kanazuka
  • Sasaki — Nishi-Shibata - Shibata

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nihonkai-Tōhoku tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 7
  • Milliy yoʻnalish 113
  • Milliy yoʻnalish 290
  • Milliy yoʻnalish 460

Qardosh shaharlar bilan munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozda Shibata, Fujitsuka-hama plyajining yuqoridan olingan videosi
  • Shibata Qasri (yaponcha: 新発田城 Shibata-jō?) bu sayyohlarning asosiy manzilgohi boʻlib, bahorgi gilos gullarini tomosha qilish uchun hududga koʻplab sayyohlar tashrif buyurishadi
  • Shimizuen (yaponcha: 清水園?) bogʻi
  • Ijimino Park (yaponcha: 五十公野公園 Ijimino kōen?).
  • Tsukioka Onsen (yaponcha: 月岡温泉?) issiq bulogʻi

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Shibata official profile(yaponcha)
  2. Shibata city official statistics(yaponcha)
  3. Shibata climate data
  4. Shibata population statistics
  5. 5,0 5,1 5,2 „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 1-iyul 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]