San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida San-Tome va Prinsipi davlatining sharafini himoya qiladi. San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati San-Tomean Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladi. San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan oltita oʻyinda ishtirok etgan va hech qachon FIFA tomonidan xalqaro reytingga kiritilmagan. Mamlakatda 19 yoshgacha boʻlganlar yoshlar terma jamoasi ham bor.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda dunyoning deyarli hech bir mamlakatida ayollar futbol terma jamoasi yoʻq edi[1], shu jumladan, San-Tome va Prinsipi 2002-yilda ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida qatnashgan paytigacha FIFA tomonidan tan olingan birinchi uchrashuvini oʻtkazmagan[2][3]. San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan oltita oʻyinda maydonga tushishgan. 2002-yil 10-avgustda San-Tome shahrida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi Gabon ayollar terma jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi[2][3]. 2002-yil 24-avgustda Librevil shahrida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi javob uchrashuvida Gabon ayollar terma jamoasiga 0:6 hisobida yutqazdi[2][3]. 2006-yil 19-fevralda San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi Togo ayollar terma jamoasiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi[2]. 2006-yil 26-fevralda Togoda San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi Togo ayollar terma jamoasiga yana bir bor, lekin bu safar 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi[2]. 2010-yilda mamlakatda Afrika ayollar chempionatida dastlabki bosqichi[4] yoki 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida qatnashadigan jamoa yoʻq edi[5]. 2012-yilning iyun oyida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan dunyo reytingida emas edi[6]. San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi hech qachon FIFA reytingiga kirmagan[7].

2021-yil oktabr oyida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi Afrika ayollar millatlar kubogi saralashining birinchi bosqichida ishtirok etishdi. Bu turnir Afrikaning 2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichining birinchi bosqichi vazifasini ham o‘tadi. Togo ayollar terma jamoasiga 0:5 hisobida yutqazib qo‘ygan San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi har ikkala turnir bilan xayrlashdi[8].

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil sentyabr holatiga koʻra

Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy San-Tome va Prinsipi Marselina da Kosta

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻyinchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 10-oktabr kuni 2022-yilgi Afrika ayollar kubogi saralash turnirida quyidagi futbolchilar San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[9].

0#0 Poz. Oʻyinchi Tugʻilgan kuni (yoshi) Klub
1DA Bandeira , EuridiceEuridice Bandeira San-Tome va Prinsipi
1DA Gomes, RosaRosa Gomes San-Tome va Prinsipi
2HM Nazaré , NieletteNielette Nazaré San-Tome va Prinsipi
2HM Gonçalves , JucelinaJucelina Gonçalves San-Tome va Prinsipi
2HM de Sousa , AdgelsaAdgelsa de Sousa San-Tome va Prinsipi
2HM Gomes , MauríciaMaurícia Gomes San-Tome va Prinsipi
2HM Managem , RitaRita Managem San-Tome va Prinsipi
2HM Vicente Fernandes , ElcyElcy Vicente Fernandes San-Tome va Prinsipi
2HM Santo , InáciaInácia Santo San-Tome va Prinsipi
3YH Rocha , StelaStela Rocha San-Tome va Prinsipi
3YH Duarte , VâniaVânia Duarte San-Tome va Prinsipi
3YH da Veiga , ReginaldaReginalda da Veiga San-Tome va Prinsipi
3YH Geraldina , GeraldinaGeraldina Geraldina San-Tome va Prinsipi
4HJ Guimarães , WilmaWilma Guimarães San-Tome va Prinsipi
4HJ Bragança , SelinySeliny Bragança San-Tome va Prinsipi
4HJ Ramos , JecimilaJecimila Ramos San-Tome va Prinsipi
4HJ Sacramento Simáo , MilaMila Sacramento Simáo San-Tome va Prinsipi
4HJ Bonfim Gomes , MileydeMileyde Bonfim Gomes San-Tome va Prinsipi

San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil Saralashdan oʻta olmadi
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011- yildanFransiya 2019-yilgacha Kiritilmadi
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Saralashdan oʻta olmadi
Jami 0/3 0 0 0 0 0 0

Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Olimpiada oʻyinlarida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Saralashdan oʻta olmadi
Avstraliya 2000-yil
Gretsiya 2004-yil
Xitoy 2008-yil
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020-yil
Fransiya 2024-yil
Jami 1/7 3 0 0 3 3 15 −12

Afrika ayollar millatlar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika ayollar millatlar kubogida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Nigeriya 2002-yil Saralashdan oʻta olmadi
Janubiy Afrika 2004-yil Kiritilmadi
Nigeriya 2006-yil Saralashdan oʻta olmadi
2008-yildan Gana2018-yilgacha Kiritilmadi
2020 Afrikadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi
Marokash 2022 Saralashdan oʻta olmadi
Jami 0/3 0 0 0 0 0 0

Afrika oʻyinlari rekordi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika oʻyinlarida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Nigeriya 2003-yil - 0 0 0 0 0 0
Jazoir 2007-yil - 0 0 0 0 0 0
Mozambik 2011-yil - 0 0 0 0 0 0
Kongo Respublikasi 2015-yil - 0 0 0 0 0 0
Marokash 2019-yil - 0 0 0 0 0 0
2023-yil - 0 0 0 0 0 0
Jami 4/4 0 0 0 0 0 0

UNIFFAC ayollar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

UNIFFAC ayollar kubogida San-Tome va Prinsipi ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
2020 Kiritilmadi
Jami 1/1 4 0 3 1 4 5 −1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 1 January 2012 — 45 bet. ISBN 978-1-61783-146-1. 2012-yil 13-aprelda qaraldi. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Sao Tome e Principe: Fixtures and Results“. FIFA. 2011-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Previous Tournaments“. FIFA. 2011-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  4. „Fixtures – African Women Championship 2010 – CAF“. Cafonline.com. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  5. „Groups & standings – All Africa Games women 2011 – CAF“. Cafonline.com. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  6. „The FIFA Women's World Ranking“. FIFA (2009-yil 25-sentyabr). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  7. „Sao Tome e Principe: FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA. 2007-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.
  8. „Withdrawal of Sao Tome from the qualifiers of the TotalEnergies Women's AFCON 2022“. CAF (2021-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  9. suqad for qualification