Samarqand davlat tibbiyot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
(SamMI, SamDTI)
Sammi building.jpg
Asl nomi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
Xalqaro nomi Самаркандский Государственный Медицинский Институт[1]
Asos solingan 1930
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Rizayev Jasur Alimdjanovich
Talabalari 6446+
Bakalavriat 10 ta yoʻnalish
Manzili Samarqand shahar,Amir Temur koʻchasi,18-uy
Vebsayti www.sammi.uz

Samarqand Davlat tibbiyot instituti[2]Markaziy Osiyoda eng ko‘xna tibbiy oliygohlardan biri hisoblanadi. Institut dunyoga dovrug‘i tarqalgan va asrlar davomida ilm-u ma’rifat markazi bo‘lib kelgan Samarqand shahrida joylashgan. Xozirgi kunda institutda 6446 ziyod studentlar, 30 ixtisoslik byicha 238 magistratura studentlari, 29 ixtisoslik bo‘yicha 364 klinik ordinatorlar[3] tahsil olmoqda, har yili 2500 ziyod shifokorlar o‘z malakasini oshiradi. Institutda Koreya Respublikasidan ham talabalar tahsil olmoqda[4].

Institut faoliyati davomida eʼtibor va ustuvor yo‘nalishlar vaqti bilan o‘zgargan bo‘lsa ham, lekin asosiy maqsadi va vazifalari, yaʼni: yuqori malakali tibbiyot sohasida muttaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlatimiz va xorijiy davlatlarning OTM va etakchi ilmiy markazlar bilan xamkorlik qilish an’ana sifatida davom etib qolmoqda. Barcha bu ishlar, avvalam bor, tibbiyot fani, tibbiy ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish, amaliy sog‘liqni saqlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Institut tarixi[tahrir]

Samarqand Davlat tibbiyot institutining tarixi uzoq 1930-yilning may oyida boshlanadi[5], o‘sha yilni 7-mayida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashining 80-son Qaroriga binoan O‘zbek Davlat tibbiyot institutiga asos solingan. Institut hozirgi kunga qadar 40 mingdan ziyod malakali shifokorlarni tayyorlab bergan. Tashkil etilgan kundan boshlab institut rektorlari
• Nemtsovich, Lev Solomonovich (1930-1935)
• Nedosekov, Yulius Solomonovich (1935-1942)
• Zaxidov, Xakim Zaxidovich (1943-1945) professor
• Abdullayev, Rauf Abdullayevich (1945-1951) professor Oʻz.R.da xizmat koʻrsatgan fan arbobi
• Odilov, Aziz Qudratovich (1951-1955) dotsent
• Mirzamuhamedov, Mannap Atamatovich (1955-1961) professor. Oʻzbekistonning yetakchi pediatri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi
• Xaitov, Musa Nazarovich (1961-1966) dotsent. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining deputati, KP Samarqand shahar qoʻmitasining birinchi kotibi Uz.
• Vaxabova, O‘ktam Karimovna (1966-1981) professor, O‘z.R.da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, SSR Oliy Kengashining deputati.
• Aripov, Subxankul Aripovich (1981-1986) professor, O‘z.R.da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘z.R.da xizmat ko‘rsatgan doktor.
• Kamalov, Nuriddin Mirzayevich (1986-1995) dotsent.
• Moʻminov, Akram Ibragimovich (1995-2000) professor, O‘z.R.da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
• Sobirov, Bahodir Urdushovich (2000-2004) professor.
• Shamsiyev, Azamat Muxitdinovich[6] (2004-2020) professor. Nyu-York Fanlar akademiyasining a’zosi.
• Rizayev, Jasur Alimdjanovich (2020 yildan) professor.[7]

Fakultetlar[tahrir]

Hozirgi kunda mazkur SamDTIda 10 fakultet bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:
Davolash fakulteti (1930-yil)
Pediatriya fakulteti (196-yil)
Tibbiy pedagogika fakulteti Arxivlandi 2020-09-19 Wayback Machine saytida. (2005-yil)
Oliy hamshiralik ishi fakulteti Arxivlandi 2021-05-06 Wayback Machine saytida. (2005-yil)
Stomatologiya fakulteti (2009-yil)
Tibbiy-profilaktika fakulteti[sayt ishlamaydi] (2020-yil)
Farmatsiya fakulteti[sayt ishlamaydi]

(2020-yil)

Sog'liqni saqlash menejmenti va klinik psixologiya fakulteti[sayt ishlamaydi]

(2020-yil)

Xalqaro ta’lim fakulteti[sayt ishlamaydi]

(2020-yil)

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti Arxivlandi 2020-09-19 Wayback Machine saytida. (1981-yil)

Professor-o‘qituvilar tarkibi[tahrir]

Institutda faoliyat yuritayotgan 54 kafedra va kurslarda 624 ziyod malakali pedagoglar, shu jumladan 59 fan doktori, shulardan 32 professor, va 132 fan nomzodlari, shulardan 111 dotsentlar mehnat qiladi.[8]

Institut o‘quv jarayoni[tahrir]

Zamon bilan hamnafas bo‘lib, institut jamoasi mamlakatimizni taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning barcha talablarga javob beradi. Institut tarixida 2005-yildan yangi bir davr boshlandi. Chunki taʼlim jarayoni sifatini va ilmiy mahsulot uchun professor-o‘qituvchilar jamoasi ilmiy faoliyatiga tegishli sharoit yaratish zarur edi. Studentlar mehnatini samarali qilish uchun institutda eng yangi axborot texnologiyalari, multimedia proektor, video va audio tizimlari bilan jihozlangan maʼruza va o‘quv xonalari, taʼlim va klinik laboratoriyalari mavjud, masofaviy taʼlim tizimi joriy qilingan. O‘quv jarayoni elektron va modul taʼlim tizimlaridan foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsion internet-texnologiyalar bilan mustahkamlangan. Institutni moodle.sammi.uz elektron taʼlim tizimida barcha o‘tiladigan fanlar bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy materiallar o‘rin olgan, shu jumladan xorijiy studentlar uchun ingliz tilida. Shuningdek, institutni barcha kafedralarida studentlarni ilmiy jamiyati faoliyat yuritadi (SIJ). So‘zsiz bular o‘quv mashg‘ulotlarni yuqori, jahon taʼlim standartlariga mos darajada o‘tishga imkon yaratadi.

Axborot-resurs markazida[tahrir]

Institutning Axborot-resurs markazida (ARM) 308,711 ta nashrning saqlanishi ayniqsa diqqatga sazovordir[9]. Ular ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar, xorijiy va boshqa adabiyotlar, o'quv, uslubiy, shuningdek, fan bo'yicha darsliklar va qo'llanmalar. ARMda oʻz elektron kutubxonasi mavjud boʻlib, unga har bir talaba, doktorant, yosh oʻqituvchi, dotsent kirishi mumkin. Axborot-resurs markazi tomonidan 15 981 dan ortiq adabiyotlarning elektron nusxalari yaratilgan.

  • Moodle.sammi.uz Arxivlandi 2014-02-08 Wayback Machine saytida.,
  • mt.sammi.uz
  • library.sammi.uz
  • @SamMIARMtelegram kanalida joylashtirilgan va yangilanmoqda. O'quvchilar, o'qituvchilar, talabalar, magistrlar, klinik rezidentlar, tadqiqotchilar bilan aloqalar doimiy ravishda o'rnatiladi va ularning ehtiyojlari doimiy ravishda qondiriladi.
  • O'quvchilarga qulay bo'lishi uchun elektron adabiyotlar QR-kodga aylantirilmoqda.

ARM yangi avlod adabiyotlarini, darsliklarni, oʻquv qoʻllanmalarni, atlaslarni, rivojlangan mamlakatlarning, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining monografiyalarini sotib oladi. Barcha professor-oʻqituvchilar, talabalar, talabalar va klinik rezidentlar ushbu adabiyotlarning elektron versiyalari bilan taʼminlangan. Bu Xalqaro taʼlim standartlari doirasida talabalarning kasbiy bilimlarni egallash imkoniyatlarini oshiradi. Axborot-resurs markazidagi barcha kompyuterlar Internetga ulangan. Yuqoridagi saytlarda jurnallarning elektron nusxalari yaratilmoqda va joylashtirilmoqda. Axborot-resurs markazida zamonaviy mebel va zarur jihozlar bilan jihozlangan 70 oʻrinli 2 ta oʻqish xonasi mavjud. "Fiziologiya" va "Oftalmologiya" boʻyicha multimedia elektron darsliklari mavjud boʻlib, ular ARM va boʻlimlarning oʻquv zalidagi 10 ta kompyuterga oʻrnatilgan boʻlib, bugungi kunda ulardan samarali foydalanilmoqda. Axborot-resurs markazidan jahon miqyosidagi ilmiy va taʼlimiy maʼlumotlar bazasida foydalanish, shuningdek, mamlakatdagi jamoat onlayn axborot-kutubxona muassasalarining jamoatchilikka ochiqligi va ulardan samarali foydalanish EBSCO va Davlat ilmiy kutubxonasining ilmiy va oʻquv maʼlumotlar bazasiga kiritilgan.

Davolash bazalari[tahrir]

SamDTI qoshida 375 ta yotoq joyiga mo‘ljallangan 1-son klinika, 200 ta yotoq joyiga mo‘ljallangan 2-son klinika[10] mavjud bo‘lib ular zarur va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Samarqand shahrida va atrofida joylashgan barcha davolash-diagnostika muassasalari institut studentlarining amaliyot o‘tish joylari sifatida SamDTIni klinik bazasi hisoblanadi[11].

Halqaro hamkorlik[tahrir]

Samarqand Davlat tibbiyot instituti fan va texnologiyalar Markazini grantlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining fundamental tadqiqotlari doirasida faol qatnashadi hamda chet ellik sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gollandiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning halqaro va o‘quv tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. SamDTIning bitiruvchilari O‘zbekistonda va chet el mamlakatlari, xususan AQSh, Isroil, Germaniya, Rossiyada samarali mehnat qilmoqdalar. Institut jamoasi tibbiy taʼlim va ilm-fan rivojida yangi ufqlarini aniq tasavvuri bilan farq qiladi. Mustaqillik yillarida mintaqamizning eng eski birinchi OTMdagi ijobiy o‘zgarishlar uni mamlakatimizning nufuzli muassasalari qatoriga qo‘shdi. Bu esa, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida faoliyat yuritayotgan Samarqand Davlat tibbiyot institutining nufuzini yanada oshirish va mavqeini ko‘tarish uchun kuchli omil bo‘lmoqda.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]