Kontent qismiga oʻtish

Saidahmad Laqayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidahmad Norjigitovich Laqayev
Tavalludi 1952-yil 9-mart
Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi matematika va fizika oʻqituvchisi
Ish joylari Samarqand davlat universiteti Mexanika-matematika fakulteti dotsent, professor va kafedra mudiri (1978)
Toshkent davlat universiteti doktoranti (19881991)
Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti
Institutlar Samarqand davlat universiteti
Taʼlimi Samarqand davlat universitetining Mexanika-matematika fakulteti (19631973)
Moskva davlat universiteti (19751978)
Sankt-Peterburg davlat universiteti
Ilmiy darajasi Dotsent, professor (1993-yil)
Akademik rahbarlari Moskva davlat universiteti professori Robert Minlos va Andrey Kolmogorov
Mashhur ishlari OʻzFA Samarqand Matematik fizika boʻlimiga aspirantura va doktorantura
Mukofotlari

Saidahmad Norjigitovich Laqayev (1952-yil 9-mart, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi. Germaniyaning DAAD fondi granti sovrindori. Boxum Rur universitetida ilmiy tadqiqotlar olib borgan (1996). Doʻstlik ordeni (2021-yil)[1] hamda Oliy taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni (2023-yil) sohibi[2].

1994–2012-yillarda universitetda faoliyat koʻrsatish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand davlat universitetida Matematik fizika boʻlimiga rahbarlik qildi hamda aspirantura va doktoranturani ochgan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi[⇨].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidahmad Laqayev 1952-yil 9-martda Samarqand viloyatining Payariq tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1958–1968-yillarda u oʻzi tugʻilib oʻsgan tumandagi 45-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan va uni oltin medalga tamomlagan. 1968-yilda Samarqand davlat universitetining Mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 1973-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. 1973–1975-yillarda Moskva davlat universiteti (MDU) professori Robert Minlos rahbarligida stajirovkada boʻldi hamda 1975–1978-yillarda Moskva davlat universitetining Mexanika-matematika fakultetida akademik Andrey Kolmogorov rahbarligidagi matematika boʻlimi aspiranturasida tahsil olgan. Robert Adolfovich Minlos rahbarligida zamonaviy matematik fizika (kvant mexanikasi, statistik fizika va maydonlar nazariyasi)ni oʻrgangan. 1981-yil noyabr oyida Moskva davlat universiteti Mexanika-matematika fakulteti ixtisoslashgan ilmiy kengashida (kengash raisi akademik A. N. Kolmogorov) fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yilda Samarqand davlat universiteti Mexanika-matematika fakultetida assistent, keyinchalik dotsent, professor va kafedra mudiri lavozimlarida ishlgan. 1988–1991-yillarda Toshkent davlat universiteti doktoranti sifatida dokoranturani Moskva davlat universiteti Mexanika-matematika fakulteti Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz kafedrasida tahsil olgan. 1992-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida akademik S. P. Merkurev raisligidagi „Matematik fizika“ ixtisosligi boʻyicha fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi va 1993-yil professor ilmiy unvonini olgan. 1994–2012-yillarda universitetda faoliyat koʻrsatish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand davlat universitetida Matematik fizika boʻlimiga rahbarlik qildi hamda aspirantura va doktoranturani ochgan[4]. 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Doʻstlik ordeni va 2023-yil Oliy taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]