Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mangʻitiya
Muallif(lar) Ahmad Donish
Tarjimon(lar) Qiyomiddin Yoʻldoshev
Til fors
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2014-yil

Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mangʻitiya (Risola yoxud mangʻitlar saltanatining qisqacha tarixi) – tarixiy asar. Muallifi Ahmad Donish. Asar Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi vakillari tarixiga bagʻishlangan. 1895–1897-yillarda yozib tugallangan[1]. Asarning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Dushanbe nashr mavjud boʻlib, asli qanday nomlanganligi aniqlanmagan. Sababi shundaki, Ahmad Donish ushbu asarga nom bermagan. Asarning ilmiy-tanqidiy nashri Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi Abdugʻani Mirzoyev tomonidan arab alifbosida nashr etilgan[2]. Asardan Ibrohim Moʻminov, Z.Rajabov, A.Bahovuddinov kabilar oʻz tadqiqotlarida foydalanishgan. 1967-yilda asar I. Najafova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan[3]. 2014-yilda asar izohlar bilan birgalikda oʻzbek tiliga Qiyomiddin Yoʻldoshev tomonidan tarjima qilingan. Qiyomiddin Yoʻldoshev fikriga koʻra asar ancha murakkab tilda yozilgan[4]. Asar mangʻitlar sulolasi tarixi Amir Doniyoldan boshlanib, Amir Abdulahadxongacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga oladi[2]. Asarda Amir Shohmurod davrida qoʻgirchoqchilik avj olgan[2]. Amir Shohmurod davrida esa islohotlar oʻtkazilganligi, soliqlar kamaytirilganligi asarda qayd etilgan[5]. Amir Haydar davrini Ahmad Donish asarida diniy ilmlar markaziga Buxoro aylanganligini yozgan. Amir Nasrulloni esa u kuchli va shavqatsiz hukmdor sifatida tasvirlaydi. Asarning koʻpchilik va katta qismi Amir Muzaffarxon davriga bagʻishlanadi. Ahmad Donish Amir Muzaffarxonga nisbattan salbiy munosabatda boʻlgan. Chunki ular oʻrtasida shaxsiy xusumat borligini asardan bilish mumkin[6]. Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mangʻitiya asarida hukmdorlarning salbiy jihatlari ochiq bayon qilingan[7].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Аҳмад Дониш 2014, s. 3.
  2. 2,0 2,1 2,2 Тўраев 2023, s. 127.
  3. Аҳмад Дониш 2014, s. 4.
  4. Аҳмад Дониш 2014, s. 5.
  5. Тўраев 2023, s. 128.
  6. Тўраев 2023, s. 129.
  7. Тўраев 2023, s. 130.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Аҳмад Дониш. Рисола ёхуд манғитлар салтанатининг қисқача тарихи. Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2014 — 144 bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204 bet.