Ibrohim Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim Moʻminov
Ibrohim Moʻminov.jpg
Tavalludi 7-noyabr 1908-yil
Vafoti 22-iyul 1974-yil(1974-07-22)
(65 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Buxoro Amirligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiUzbek orden rib.pngOrder of Lenin ribbon bar.pngOrderredbannerlabor rib.pngOrder badge of honor rib.png

Ibrohim Moʻminovich Moʻminov (7-noyabr 1908-yil, Buxoro amirligi, Tezguzar qishlogʻi — 22-iyul 1974-yil, Toshkent) — faylasuf, falsafa fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekistonda falsafa maktabining asoschisi.

Yoshligi va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

I.Moʻminov 1908-yil Buxoro amirligining hududida joylashgan Shofirkon tumanining Tezguzar qishlogʻida tavallud topgan. 1931-yilda Samarqanddagi Oʻzbek pedagogika akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1931-yildan Samarqand davlat universitetida oʻqituvchi, u yerda S.Ayniy, A.Fitrat, H.Olimjon kabi atoqli shoirlar, B.Soliyev, Ya.Gʻulomov kabi tarixchilar bilan birga ishlagan.1933-yildan birlashtirilgan adabiyot fakultetining dekani. 1933-yildan 1935-yilgacha Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani. 1941-yilda Gegel falsafasi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1950-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir-a'zosi (1943), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi (1956), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1956-1974). “Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining bosh muharriri (1957-1974). “Fan va turmush” jurnalining bosh muharriri (1957). Ilk Oʻzbek sovet ensiklopediyasining bosh muharriri. Bir qator ilmiy nashrlarning muharriri: “Samarqand tarixi” ikki jildda, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” va boshqalar.Falsafa va tarixga tegishli turli savollarga oid 200 dan ortiq monografiya va maqolalar I.M.Moʻminov qalamiga mansub. Turli davlatlarda ilmiy ma'ruzalar bilan chiqdi: Italiya, Fransiya, Vengriya, Chexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston, Afgʻoniston va boshqalar. Uning rahbarligida falsafaga oid 100 dan ortiq nomzodlik va 30 doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Temuriylar davri san'ati boʻyicha xalqaro YUNESKO simpoziumini tashkil qilish boʻyicha tashabbuskor boʻldi (Samarqand, 1969-yil). Oʻzbekiston yuqori palatasining deputati (4 chaqirishlar). I.Moʻminov 1970-yilda Samarqandning 2500-yilligiga bagʻishlangan konferensiyaning tashabbuskori. Ushbu sanada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti asoslanib, Toshkentdan Samarqandga koʻchirib oʻtkazilgan. Samarqandning 2500-yilligini nishonlash munosabati bilan Samarqand tashkil etilganiga tarix muzeyi ochilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

I.Moʻminov 1974-yilning 22-iyulida Toshkentda vafot etdi. Toshkentning „Chigʻatoy“ qabristonida dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yilda „Beruniy“ nomli Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati boʻlgan. 2003-yil Ibrohim Moʻminov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov koʻrsatmasiga muvoffiq “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. * Tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1969— 72; Vidayushiyesya misliteli Sredney Azii, M., 1963; Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli, T., 1968; Mirzo Bedil, T., 1974; Oʻzbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tari-xidan lavxalar, T., 1999.
  2. * Sadikov A.S, I.M. Moʻminov [bibliografiya], T., 1968; Vospominaniya o I. M. Muminove, T., 1978; Akademik Ibrohim Moʻminov |maqolalar va xotiralar], T., 1993; Shermuhammedov S, Krmusiy olim, T., 1998.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]