Tojikiston fanlar akademiyasi
Qiyofa
Tojikiston fanlar akademiyasi – Tojikiston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1951-yil SSSR Fanlar akademiyasining Tojikiston boʻlimi (1941) negizida Dushanba shahrida tashkil etilgan. Akademiyaning fizika va texnika; matematika, seysmologiya va seysmologik qurilish; geologiya; kimyo, botanika; oʻsimliklar fiziologiyasi va biofizikasi; zoologiya va parazitologiya; Pomir biologiyasi; tarix, etnografiya va arxeologiya; sharqshunoslik intlari hamda tabiiy va mehnat resurslarini tadqiq etish boʻlimi, 30 haqiqiy, 55 muxbir aʼzosi bor. Fanlar akademiyasi muassasalarida 5 mingga yaqin ilmiy xodim ishlaydi. „Donish“ nashriyoti bor. 3 ilmiy jurnali nashr etiladi. Prezidenti – 1995-yil iyundan Oʻlmas Mirsaidov[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Tojikiston fanlar akademiyasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (T-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |