Kontent qismiga oʻtish

Rafael van der Vaart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rafael van der Vaart
Van der Vaart at practice with Hamburger SV in 2014
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rafael Ferdinand van der Vaart[1]
Tavallud sanasi 11-fevral 1983-yil (1983-02-11) (41 yosh)[2]
Tavallud joyi Heemskerk, Netherlands
Boʻyi 1.76 m[3]
Ampluasi Attacking midfielder
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987–1993 De Kennemers
1993–2000 Ajax
Total 417 (135)

Rafael Ferdinand van der Vaart (talaffuzi: Rafael Ferdinand van der Vart) — futbolchilik faoliyatini yakunlagan gollandiyalik futbolchi yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U Gollandiya terma jamoasida oʻynagan . Amsterdamning „Ajax“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U jarima zarbalaridagi yuqori mahorati va yaxshi texnikasi bilan ajralib turardi.

U milliy terma jamoa safida ketma-ket uchta Yevropa chempionatlarida va ikkita jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U 2004-yilgi Yevropa chempionatida bronza, 2010-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U Gollandiya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan besh futbolchidan biri hisolanadi[4].

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻn yoshida Rafael van der Vaart mamlakatning eng kuchli klublaridan biri „Ajax“ning Amsterdam maktabini koʻrishga muvaffaq boʻlgan. Uning qobiliyatlari bolalar jamoasi murabbiylarini hayratda qoldirgan va yosh futbolchi qabul qilingan. Oʻn yetti yoshida Rafael 1999-2000-yilgi mavsumda „Den Bosch“ga qarshi oʻyinda (1:1) „Ajax“ jamoasida debyut qilgan. U gʻayrat va yaxshi texnika bilan oʻynagan boʻlsa-da, oʻsha mavsumda boshqa maydonga tushmagan

2000-2001-yilgi mavsum boshida Rafael zaxiradan maydonga tushdi, ammo mavsum oʻtishi bilan „Ajax“ bosh murabbiyi Ko Adrianse oʻzining yosh yarim himoyachisiga ishonib, maydonda koʻproq vaqt ajratgan. U markaziy hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasini egallagan, baʼzida yarim himoyaning chap qanotida oʻynagan. Oʻsha mavsumda klub muxlislari yosh futbolchida katta salohiyat borligini koʻrib, uni „Ajax“ning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanladilar.

„Real Betis“ jamoasi safida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 15-iyunida Rafael Ispaniyaning „Real Betis“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[5]. 2015-2016-yilgi mavsumda u Ispaniya chempionatida bor yoʻgʻi 7 ta, Ispaniya kubogida esa yana ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Niderlandiya terma jamoasi safida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafael 2001-yilning 6-oktabrida 18 yoshida Niderlandiya terma jamoasida Andorraga qarshi debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida Yevro-2004, JCh-2006, Yevro-2008 va JCh-2010 da oʻynagan. Jovanni van Bronxorst faoliyatini yakunlagach, terma jamoa sardori boʻldi. Yevro-2012da u Portugaliya darvozasiga gol urgan. Gollandiya 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirdan chiqib ketdi.

U terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2013-yilda oʻtkazgan. Rafael Gollandiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kirgan, biroq 2014-yilning may oyi oxiridagi jarohati tufayli u yakuniy arizaga kiritilmagan.

Klub Mavsum Liga Kubog Liga kubogi Yevropa kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Ajax 1999-2000 1 0 0 0 0 0 1 0
2000-2001 27 7 1 0 4 2 32 9
2001-2002 20 14 2 2 5 1 27 17
2002-2003 21 18 2 0 6 2 1 2 30 22
2003-2004 26 7 1 0 7 1 34 8
2004-2005 22 6 2 0 7 1 1 0 32 7
Jami 117 52 8 2 29 7 2 2 156 63
Hamburger SV 2005-2006 19 9 2 0 8 5 7 2 36 16
2006-2007 26 8 0 0 2 0 5 3 33 11
2007-2008 29 12 4 4 9 3 2 2 44 21
Jami 74 29 6 4 2 0 22 11 9 4 113 48
Real Madrid 2008-2009 32 5 1 0 7 0 2 0 42 5
2009-2010 26 6 2 1 3 0 31 7
Jami 58 11 3 1 10 0 2 0 73 12
Tottenham Hotspur 2010-2011 28 13 1 0 0 0 7 2 36 15
2011-2012 33 11 4 1 1 0 1 1 39 13
2012-2013 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami 63 24 5 1 1 0 8 3 77 28
Hamburger SV 2012-2013 27 5 0 0 27 5
2013-2014 27 7 3 1 2 0 32 8
2014-2015 24 4 2 1 1 0 27 5
Jami 78 16 5 2 3 0 86 18
Real Betis 2015-2016 7 0 2 0 9 0
Midtjylland 2016-2017 15 2 2 0 1 0 18 2
2017-2018 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 17 2 2 0 1 0 20 2
Esbjerg fB 2018-2019 3 0 1 0 4 0
Umumiy karyerasida 417 135 32 10 3 0 70 21 16 6 538 171

Xalqaro statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa Mavsum
Oʻyinlar Gollar
Niderlandiya 2001-yil 1 0
2002-yil 2 0
2003-yil 10 3
2004-yil 13 1
2005-yil 9 2
2006-yil 5 1
2007-yil 10 5
2008-yil 14 1
2009-yil 10 2
2010-yil 14 1
2011-yil 5 1
2012-yil 10 4
2013-yil 6 4
Jami 109 25

Mukofotlari va yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub bilan erishilgan yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajax

  • Gollandiya chempioni (2): 2001-2002, 2003-2004
  • Gollandiya kubogi gʻolibi: 2001-2002
  • Gollandiya superkubogi sohibi: 2002-yil
  • Jami: 4 ta kubok

Real Madrid


Niderlandiya terma jamoasi

  • 2004 yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori
  • 2010 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori
  • Jami faoliyati: 8 ta sovrin

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Amsterdamning eng yaxshi yosh sportchisi (3): 1999, 2000, 2001
  • Amsterdamning eng yaxshi sportchisi: 2001-yil
  • Amsterdam turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2002 yil
  • Golden Boy mukofoti sovrindori: 2003-yil
  1. „Acta del Partido celebrado el 08 de mayo de 2016, en Eibar“ [Minutes of the Match held on 8 May 2016, in Eibar] (es). Royal Spanish Football Federation. 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  2. „R. van der Vaart“ (nl). Voetbal International. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  3. „Spielerprofil – Rafael van der Vaart“ (de). Hamburger SV. 2013-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  4. Van der Vart poluchil nagradu ot UYeFA za 100 matchey, sigrannix za Niderlandi
  5. „Van der Vaart: «Es un gran Club y tengo muchas ganas de empezar».“ (es). realbetisbalompie.es. 2015-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktyabr.