Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi
41°59′55.2″N 60°18′45.4″E / 41.998667°N 60.312611°E / 41.998667; 60.312611 G OKoordinatalari: 41°59′55.2″N 60°18′45.4″E / 41.998667°N 60.312611°E / 41.998667; 60.312611 G O
JoylashuviBeruniy va Amudaryo tumanlari
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
HududQoraqalpogʻiston
Maydon68717,8 gektar
Tashkil topgan sanasi1971-yil
Sayttugai.uz
Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi (Oʻzbekiston)
Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi (Qoraqalpogʻiston)
Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi

Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi yoki Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati – Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy va Amudaryo tumanlarida, aniqrogʻi Amudaryo quyi oqimining shimoliy qismida, Orol dengizining sobiq sohili janubi-sharqida joylashgan biosfera qoʻriqxonasi[1][2].

Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi dastlab 1971-yilda Amudaryo tekisligida 5929 gektar maydonga ega boʻlgan Baday-Toʻqay qoʻriqxonasi sifatida tashkil etilgan[3]. 2011-yilda qoʻshimcha hududlar bilan qoʻriqxona negizida 68717,8 gektar maydonga ega boʻlgan Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi tuzilgan, shundan qoʻriqlanadigan hudud 11568,3 gektarni tashkil etadi[4]. Qoʻriqxonaning maqsadi Amudaryo deltasidagi toʻqay oʻrmonlarini muhofaza qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, madaniy qadriyatlarni muhofaza qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hisoblanadi[5]. Qoʻriqxona hududida 167 turdagi yuksak oʻsimliklar (turanga, fors sarsabili), 20 dan ortiq baliq (katta va kichik Amudaryo kurakburuni), sudralib yuruvchilarning 13 turi, qushlarning 91 turi (Xiva qirgʻovuli), mayda sutemizuvchilarning 58 turi (yovvoyi choʻchqa, quyon, dasht mushugi) yashaydi[3][4][5]. 1976-yilda qoʻriqxonaning birinchi direktori V. P. Lima boshchiligida Buxoro xongullarini hududga qayta moslashtirish ishlari boshlandi va hozirda qoʻriqxonada dunyodagi eng koʻp Buxoro xongullari populyatsiyasi yashaydi[4][5]. Suv yetishmasligi, Buxoro xongullari uchun hudud yoʻqligi va yaqin atrofdagi sement zavodi havoni ifloslantiruvchi manba boʻlganligi sababli qoʻriqxona jiddiy ekologik muammolarga duch kelmoqda[6]. Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (XTMQ)ning Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan[7]. 2021-yilda UNESCO Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasini Butunjahon biosfera qoʻriqxonalari tarmogʻiga kiritgan[8]. Oʻzbekistonda bu tarmoqqa kiritilgan ikkinchi qoʻriqxona hisoblanadi (birinchi qoʻriqxona Chatqol biosfera qoʻriqxonasi boʻlib, 1978-yilda Butunjahon biosfera qoʻriqxonalari tarmogʻiga kiritilgan)[1][2]. UNESCOning Quyi Amudaryo davlat biosfera qoʻriqxonasi boʻyicha qarori 2021-yil 13—17-sentyabr kunlari Abuja shahrida (Nigeriya) boʻlib oʻtgan „Inson va biosfera dasturi“ Xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengashining 33-sessiyasi davomida qabul qilingan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Авезов А. К.. Фауна Нижне-Амударьинского государственного биосферного резервата. Мировая наука, 2022 — 31—33 bet. 
  • Гл. ред. А. М. Прохоров „Бадай-Тугай“,. Большой энциклопедический словарь. М.; СПб.: Советская энциклопедия; Фонд «Ленинградская галерея», 1991 — 1628 bet. ISBN 5-85270-015-0. 
  • Зонн И. С., Гланц М. Г. „«Бадай-Тугай», заповедник“,. Аральская энциклопедия. М.: Международные отношения — 256 bet. ISBN 978-5-7133-1326-5. 
  • Лим В., Ан Э. „Государственный заповедник «Бадай-Тугай»“,. Заповедники Средней Азии и Казахстана. Алматы: Тетис, 2006 — 352 bet. ISBN 9965-9822-3-6. 
  • Мамбетуллаева С. М.. Биоразнообразие растительного и животного мира Нижне-Амударьинского государственного биосферного резервата. Теория и практика современной науки, 2018 — 389—392 bet. 
  • Мираметова Э. К.. Сохранение биоразнообразия животного мира Нижне-Амударьинского государственного биосферного резервата. Саратов: Общество с ограниченной ответственностью «Центр профессионального менеджмента «Академия Бизнеса», 2020 — 70—73 bet. 
  • Хожанова А.. Роль Нижне-Амударьинского государственного биосферного резервата в сохранении биоразнообразия. Форум молодых учёных, 2022 — 318—320 bet. 
  • Хожанова А.. Современное экологическое состояние Нижне-Амударьинского государственного биосферного резервата. Мировая наука, 2021 — 245—247 bet.