Xongul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Xongul
Cervus.elaphus.bactrianus.male.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Xongul, buxoro bugʻusi (Cervus elaphus bactrianus) — bugʻular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78—86 sm, boʻyi (yagʻrinidan) 56—60 sm, ogirligi 75–100 kg . Toʻq kulrang , yelkasida qoramtir yoʻllari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va toʻqaylarda tarqalgan edi. Hozirgi faqat Amudaryo vohasidagi qoʻriqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Urchish davrida urgʻochi va erkaklari birga poda boʻlib yuradi. Sent.—okt.da juftlashadi. Apr.—mayda bolalaydi. 2—3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Ovlash taqiqlangan. X. soni kamayib ketganligi sababli Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.