Quruqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QuruqsoySamarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Uz. 46 km, havzasining maydoni 296 km². Nurota tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon oqadi. Toʻsunsoyga quyiladi. Soy oʻzani shagʻal va xarsang toshlar bilan qoplangan. Asosan, yer osti, shuningdek, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi toshadi (yillik oqimning 80% oqib oʻtadi). Quruqsoyga Qoratepa, Chormitan soylari kelib quyiladi. Suvi Payariq tumanining ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.