Pektin moddalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pektin moddalari, pektinlar (yun. pektos — birikkan, qovushgan, muzlagan) — barcha quruqlik oʻsimliklari va bir qator suvoʻtlar tarkibidagi eriydigan (eriydigan pektin) va erimaydigan (protopektin) yuqori mo-lekulali polisaharidlar. Pektin moddalari mevalar va rezavor-mevalar, kanop poyasi, qand lavlagi tarkibida ayniqsa koʻp boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarmoqlanmagan poligalakturanidlar — galakturan kislota polimerlaridan iborat. Pektin moddalarining tarkibiga neytral monosaharidlar — galaktoza, ramnoza, arabino-za, ksiloza ham kiradi. Pektin moddalari 4 guruhga: pektokislotalar, pektin kislotalar, pektinlar va propektinlarga boʻlinadi. Shulardan pektinlarning ahamiyati mu-him. Pektinlar sitrus mevalari, olma va tarvuzdan olinadi. Pektin moddalari oziq-ovqat sanoatida jem, jele, meva konservantlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil