Mahalliy oʻgʻitlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahalliy oʻgʻitlar — bevosita xoʻjaliklarning oʻzidan chiqadigan oʻgʻitlar. Ularga goʻng, goʻng shaltogʻi, koʻpgina organik moddalar, jumladan, oʻsimlik qoldiqlari, xoʻjalik chiqindilari va boshqalardan tayyorlangan turli kompostlar kiradi. Mahalliy oʻgʻitlar tuproqning fizikkimyoviy va biologik xossasini yaxshilaydi. Uning suv shimishini, fosfatlarning eruvchanligini oshiradi, suvda eriydigan tuzlar migra-siyasini kamaytiradi, oziq elementlarini yuvilishdan saqlaydi. Mahalliy oʻgʻitlar mineral oʻgʻitlar bilan birga qoʻllanganda oʻsimlik suv va oziq elementlarini yaxshi oʻzlashtiradi. Mahalliy oʻgʻitlar tarkibida oʻsimlik uchun zarur oziq elementlar (azot, fosfor, kaliy) va barcha mikroelementlar bor. Mahalliy oʻgʻitlar kuzgi shudgorlashda asosiy oʻgʻitlar sifatida goʻng sepgich mashinada gektariga 20—40 t solinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |