Kontent qismiga oʻtish

Qosim Axmirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qosim Axmirov
Asl ismi tatarcha: Касыйм Шабан улы Әхмиров
Tavalludi 24-yanvar 1923-yil
Dergachevskiy tumani, Saratov viloyati
Vafoti 6-iyun 1951-yil(1951-06-06)
(28 yoshda)
Belogorsk, Amur viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1942-1944-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasikatta leytenant
Harbiy  qism 383-oʻqchilar polki, 121-o‘qchilar diviziya, 60-armiya, Markaziy fronti
Qoʻmondonlik qilgan Vzvod
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

||

||

Qosim Shabanovich Axmirov (tatarcha: Касыйм Шабан улы Әхмиров; 1923-yil, 24-yanvar — 1951-yil 6-iyun) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943).

Qosim Axmirov 1923-yil 24-yanvarda Altata (hozirgi Saratov viloyati Dergachevskiy tumani) tatar qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1934-yilda u oilasi bilan Qozogʻistonning 62-sonli Krasnovskiy sovxoziga koʻchib keladi. U yerda rus maktabida taʼlim olgan. Maʼlumoti toʻliqsiz oʻrta, 1941-yilda 7-sinfni tugatdi[1].

1942-yil 23-martda Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo viloyatining Kitob tuman harbiy komissarligi tomonidan Sovet Armiya safiga chaqirildi. 1942-yil 15-apreldan 1942-yil 1-iyulgacha Voronej frontining kichik leytenantlar kurslarida oʻqidi. 1942-yil 1-iyuldan oʻqchi vzvodi qoʻmondoni. 383-oʻqchilar polkining oʻqchi vzvodi qoʻmondoni (121-o‘qchilar diviziyasi, 60-armiya, Markaziy fronti) Qosim Axmirov 1943-yil sentyabrda Ukraina SSRning Sumi viloyati, Konotop shahrining sharqida boʻlib oʻtgan janglarda alohida jonbozlik koʻrsatadi[2].

Chumakovo qishlogʻi uchun kechgan jangda, oʻqchilar rotasi komandiri halok boʻladi, Qosim Axmirov rota boshqaruvini qoʻlga oldi hamda jangchilarni hujumga koʻtardi va jangovar vazifani sharaf bilan bajardi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktyabrdagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, kichik leytenant Qosim Shabanovich Axmirov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Vengriyadagi janglar tugagach, Qosim Axmirov Vengriyaning Sekeshexervar shahrida komendant yordamchisi boʻlgan. 1945-yil noyabrda u ofitserlar malakasini oshirish kurslarini tugatdi. 1946-yil sentyabr oyidan boshlab gvardiya katta leytenant Qosim Axmirov zaxiraga chiqarildi. U Oʻzbekiston SSRning Qashqadaryo viloyati Shahrisabzga qaytib keldi. Shahrisabz konserva zavodida ishlagan[4].

Qosim Axmirov 1951-yil 6-iyunda Amur viloyati Belogorsk shahrida xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida vafot etdi.

Pogodaevodagi (hozirgi Beybitshilik Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati) oʻrta maktabga Qosim Shabanovich Axmirov sharafiga nom berildi.

  1. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  2. war-heroes.uz. „AXMIROV QOSIM SHABANOVICH“.
  3. podvignaroda.ru. „Ахмиров Касим Шабанович 1923г.р.“.
  4. warheroes.ru. „Ахмиров Касим Шабанович“.