Qorixona (meʼmoriy yodgorlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QorixonaXivadagi meʼmoriy yodgorlik (186377); Ichan qalʼa tarkibida. Pahlavon Mahmud majmuasn joylashgan qabristondan gʻarbroqda koʻcha boʻylab yonma-yon joylashgan. Qurʼon oʻquvchilar (keyinchalik koʻrlar) yotoqxonasi. Q.ning koʻcha tomondan tarzlari jamoat binolari meʼmorligi, qolgan qismlari xorazm turar joylari meʼmorligi uslubida bunyod etilgap. Alohida qurilgan 4 binodan iborat: 1-Q. (tarhi 10x7,9 m) va hovli (5.8*5.2 m): 2-Q. (8.8x6,8 m) va hovli (2x3.2 m); 3-Q. (9.5x4.4 m) va hovli (2,95x2,65 m); 4-Q. (9x9,5 m) va hovli (3,85x1.85). Asosiy oʻqdagi peshtoq. miyonsaroy na ochiq hovli ayvon bilan yokn toʻgʻridan-toʻgʻri turar joylar bilan bogʻlangan. 1, 2. 4-Q.larning toʻrtburchak tarhli ulugʻ ayvonlari shim.ga qaragan; kichik 3-Q. peshtoq - hovli — yotoqxona tarzida soddalashtirilgan, yon tomonlaridagi binolar bilan siqib qoʻyilgan umumiy toʻgrp burchakka kirgan. Xonalar eshik orqali yoritilgan, tashqp devorlarda deraza (tuynuklar) yoʻq. Bino balxi gumbazlar bilan, ayvonlar tekis toklar bilan yopilgan. Peshtoqlarining tepa dandanalari yashil "bandak"lar bilan bezatilgan. Oʻymakori eshiklarida binoning qurilgan yili yozilgan.