Qoplonqir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QoplonqirQoraqum choʻlining Ungʻuzorti qismidagi qir. Turkmaniston va Oʻzbekiston hududlarida joylashgan. Q.ning shimoliy qismi qisman Ustyurt platosiga kiradi. U shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa 200 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Eni janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga kengayib (35 km gacha) boradi. Eng baland joyi 305 m. Qora-qum qismining janubi-gʻarbiy yon bagʻ-rida Goʻklenquyi (Qorashoʻr) botigʻi (shoʻrxoki) joylashgan. Q.ning botiq yuzasidan koʻtarilgan yon bagʻri nishab va atrofidagi tekisliklar bilan tutashgan. Uning janubiy qismida Amudaryoning qad. oʻzani Oʻzboʻy joylashgan.

Q., asosan, neogen davri gillari, mergel, qatlamli qumtoshlar, gips va ohaktoshlardan tashkil topgan. Jan. yon bagʻirlarida boʻr va paleogen davrlariga mansub togʻ jinslari ochilib qolgan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq, yogʻin kam. Tuproq va oʻsimliklari choʻlga xos.