Ungʻuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

UngʻuzAmudaryo vodiysidan Markaziy Qoraqumning shim. chekkasi boʻylab shim.gʻarbga choʻzilgan soylik. Uz. 470 km, eni 1—4 km. Shim.dan balandligi 60—80 km li Ungʻuzorti Koraqumlari, jan.dan esa uncha baland boʻlmagan qumli qator tepalardan iborat yon bagʻirlik bilan oʻrab olingan. Tubi notekis, uz. 15 km cha, eni 1—4 km keladigan shoʻrxok va taqirlar bilan qoplangan, zanjirsimon choʻzilgan botiqchalardan iborat. Botiqchalarni birbiridan bir oz koʻtarilgan qumloq togʻ jinslari yoki shamol keltirib yotqizgan qumli toʻsiqlar ajratgan. U. Amudaryoning qad. oʻzani karstsuffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan degan fikrlar mavjud. Toʻgʻrirogʻi U. tektonik harakatlar natijasida kelib chiqib, keyinroq uning shakllanishida erozion, karstsuffozion va eol jarayonlar qatnashgan.