Qisqichbaqasimon tumanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qisqichbaqasimon tumanlikSavr yulduz turkumidagi N00 1952 tumanligi. 1054 yilda arab, xitoy va yapon olimlari kuzatishgan. Oʻta yangi yulduzlar chaqnashi natijasida vujudga kelgan; ungacha boʻlgan masofa 1700 parsek. Toʻla nurlanish energiyasi 1018erg-s~’. Qisqichbaqasimon tumanlikda ancha tartiblangan va kuchlanishi 10~3ersted magnit maydoni mavjud; unda tolasimon qobiq va amorf ipsimon strukturalardan iborat ichki qism farqlanadi. Qobiqdagi temperatura 17000° K. Qobiqning nurlanish spektri oldiy gaz tumanliklariga oʻxshash boʻlib, ichki qismining nurlanishi radiotoʻlqinlar, koʻzga koʻrinadigan, ultrabinaf-sha va rentgen toʻlqinlarda kuzatiladi. Bu qismning ipsimon strukturalari relyativistik (energiyalari 10’ erg dan ziyod) elektronlar oqimlaridan iborat. Bunday yuqori energiyalar manbai Qisqichbaqasimon tumanlik markaziga yaqin joylashgan oʻta yangi yulduzning qoldigʻi boʻlgan neytron yulduz boʻlib, bu yulduz davri 0,033 sek ga teng 1UR 0532 nomerli pulsardir. Qisqichbaqasimon tumanlik unga nisbatan radial yoʻnalishda kengaymoqda.