Radiotoʻlqinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiotoʻlqinlar — toʻlqin uz. 0,1 mkm dan 10 km gacha boʻlgan elektromagnit toʻlqinlar; boʻshliqda 300000 km/s tezlik bilan tarqaladi. Birinchi boʻlib G. Gers 1888 yilda toʻlqin uz. Yum dan 0,6 m gacha boʻlgan R.ni, rus olimi P. N. Lebedev 1895 yilda toʻlqin uz. 6 mm li elektromagnit toʻlqinni hosil qilgan. A. S. Popov 1895 yilda birinchi marta R. yordamida 250 m masofaga axborot uzatishni amalga oshirgan va radiotexnikaga asos solgan. R. hosil qilish va muhitda tarqalish xususiyatiga koʻra xalqaro kelishuvga muvofiq R. 4 dan to 11 tartib raqamigacha belgilanadigan quyidagi 8 ta diapazonga boʻlinadi. R. radioaloqa, radiolokatsiya, televideniye, kosmonavtika, radiometeorologiya, radioastronomiya, i.t. ishlari va boshqalarda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil