Qobiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qobiq (texnika va elastiklik nazariyasida) — ikkita egri chiziq sirt bilan chegaralangan qattiq jism; sirtlar orasidagi masofa boshqa ikkita oʻlchamiga nisbatan kichik boʻladi. Shakliga qarab doiraviy, silindrlik. elliptik, konussimon, toroidal va boshqa; sirt geometriyasiga qarab musbat (sferik va ellipsoidal), manfiy (giperboloid, paraboloidlar) hamda nol (silindrik va konus) egrilikdagi xillarga; materialiga qarab, izotopli yoki anizotopli xillarga boʻlinadi. Q. temir-beton, poʻlat, yogʻoch, yengil qotishmalar, plastmassa va boshqa qurilish materiallaridan ishlanadi. Q. binolarning yopma va orayopmalarida, uchish apparatlari, kemalar, suyuqlik rezer-vuarlari, mashina qismlari va boshqalarda qoʻllanadi. Fizikada atom elektron qobigʻi (qarang Atom).