Kontent qismiga oʻtish

Yulduz turkumlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yulduz turkumidan yoʻnaltirildi)

Yulduz turkumlari — yulduzlarni topish va belgilashni osonlashtirish uchun osmon gumbazining shartli ravishda ajratilgan qismlari; eng yorqin yulduzlar hosil qilgan oʻziga xos shakllar. Ular afsonaviy qahramonlar (Mars, Gerkules, Persey, va boshqalar), hayvonlar (Ilon, Katta it va boshqalar) va narsalar (masalan, Mezon, Qalqon va boshqalar)ning nomi bilan atalgan. Yulduz turkumlarining eng yorqin yulduzlari yunon harflari (a, r\ u va boshqalar) bilan belgilanib, bu harflar yoniga yulduz turkumining nomi yoziladi (masalan, Aravakashning a si), ravshanligi pastroq yulduzlar lotin harflari va raqamlari bilan belgilanadi. Butun osmon gumbazi 88 ta yulduz turkumlariga boʻlingan[1].

Yulduz turkumlarining tarixi

Yulduzlarni turkumlash uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Qadimda odamlar yulduz turkumlaridan oʻzlarining dunyo qarashlari, tajribalari, yaratuvchanligi va hattoki diniy va maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlgan afsonalarni oʻrganish uchun foydalanishgan. Turli xil madaniyatlar va mamlakatlar oʻzlarining yulduz turkumlarini ixtiro qilgan, va shu kabi harakatlar 20-asrning boshlariga qadar yaʼni aniq faktlar asosida yulduz turkumlari yigʻilgunga qadar davom etgan.

Oʻn ikki (yoki oʻn uch) qadimiy yulduz turkumlari burjlar bilan bogʻliq boʻlgan (quyosh va oy tutilishini oʻz ichiga olib, va kesib oʻtuvchi sayyoralar). Burjlarning tarixiy kelib chiqishi hali hanuz nomaʼlum boʻlib kelmoqda.

  1. „Yulduz turkumlari“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Yu-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.