Neytron yulduzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neytron yulduzlar - katta mas-sali yulduzlar evolyusiyasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oxirgi bosqichlardan biri. Neytron yulduzlar moddasi, asosan, neytrondan va qisman elektron, proton va ogir yadrolardan tashkil topgan. Neytron yulduzlarning koinotda boʻlishi mumkinligini birinchi marta L. D. Landau aytgan (1932). 1934-yil esa amerikalik astronomlar U. Baade va F. Svikki Neytron yulduzlar oʻta yangi yulduzlarning chaqnashlarida xreil boʻlishi mumkin, deb tax-min qildilar.

Yulduzlar evolyusiyasi nazariyasida koʻrsatilishicha, katta yulduzlarning yadro "yonilgʻisi" tugagach, ularning markaziy qismlarida falokatli suratda tez yuz beradigan gravitatsion siqilish (gravitatsion kollaps) kuzatiladi. Kollaps paytida modda zichligi shu qadar koʻp ortadiki, bunda neytronlar protonlarga nisbatan turgʻunroq boʻlib qoladi. Bunday sharoitda protonlar va turgun atom yadrolari neytronlarga va koʻp neytronli atom yadrolariga aylanadi. Neytron yulduzlarning oʻrtacha zichligi moddaning yadro zichligiga teng yoki undan ham katta boʻladi, shu sababli, Neytron yulduzlarning tuzilish xususiyatlari, asosan, yadro kuchlariga bogʻliq. Neytron yulduzlar uchun gravitatsion energiya (~1053 erg) ham harakterli. Bu ikki omil Neytron yulduzlarning ichki tuzilishini oʻrganishda katta ahamiyatga ega. 1967-yilda ayrim Neytron yulduzlar (pulsarlar) kashf etildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil