Qatar riali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Qatar riali, ba'zan riyal (arabcha: ريال قطري) — Qatar Davlatining pul birligi, 100 dirhamga teng.

Rialning kursi AQSh dollariga 1 USD = 3,64 QAR nisbatida bog'langan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959 yil 28-aprelgacha Hindiston rupiyasi mamlakatda muomalada bo'lib, keyin u Fors ko'rfazi mamlakatlari uchun chiqarilgan Fors ko'rfazi rupiyasi bilan almashtirildi. Fors ko'rfazi rupiyasi hind rupiyasiga bog'langan boʻlgan va 1965-yilda hind rupiyasi qadrsizlanganda Fors ko'rfazi rupiyasining qiymati tushib ketgan va keyin Qatar boshqa Fors ko'rfazi davlatlari bilan birga o'z valyutalarini chiqarishga qaror qilgan.

Buni amalga oshirishdan oldin, mamlakat 1966-yilda Saudiya rialiga o'tgan edi, o'sha paytda uning kursi 1 rial = 1,065 rupiyaga toʻgri keldi. Sentabr oyida Qatar va Dubay umumiy pul birligi Qatar va Dubay rialini joriy qildilar. Ammo 1973-yilda Dubay BAA tarkibiga kirgach, Qatar o'z pul birligi - Qatar rialini chiqara boshladi[1].

Qatar rialining AQSh dollariga bogʻlanganligiga qaramay, 2017-yilning iyun-iyul oylarida Qatar atrofida yuz bergan diplomatik inqiroz davrida milliy valyuta kursi keskin tebranib ketdi. Google finance ma’lumotlariga koʻra, 26-iyun kuni rial kursi 1 AQSh dollari uchun 3,79 rialgacha pasaygan. Ayni damda (22-iyul) valyuta kursi qat’iy belgilangan qiymatga qaytdi (1 dollar uchun 3,64 rial atrofida)[2].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Qatar banknotlari galereyasi(olm.)(ingl.)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]