Pyotr Davidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pyotr Semenovich Davidov (1900.5.5— 1963.30.3, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekistan xalq artisti (1950). 1918—24 yillar Samara, 1924—37 yillar Chelyabinsk, Irkutsk, Ashxobod va boshqa shahar teatrlarida, 1937 yildan Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Dikoy ("Momaqaldiroq"), Karenin ("Anna Karenina"), Maxmudov ("Sotqinlar"), Azizboy ("Sharq tongi"), shahar hokimi ("Revizor"), Rahimjon ("Shohi soʻzana") va boshqa Ijroda yuksak madaniyat, mahorat, ishonarli talqin Davidov ijodiga xos.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil