Oʻzbekiston rus akademik drama teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston rus akademik drama teatri — Toshkentdagi koʻhna teatrlardan biri. 1934 yil 21 oktyabr da "Intervensiya" (L.Slavin) spektakli bilan ochilgan. Teatr asoschilari V.A. Chirkin (badiiy rahbar), M.K. Vulkonskiy (direktor). Ye.V. Rostov (rej.), aktyorlardan A.S.Zagarov, Ye.L.Lenina, A.M.Shestakov, N.S.Firsov, L.M.Petrova, O.I.Andreyeva, O.I.Gerasimova, P.S.Davidov, G.N.Zagurskaya, Z.A.Radetskaya, A.P.Rozansev, N.G.A^yachaturov va boshqalar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. 1936—99 yillar teatr M. Gorkiy nomi bilan yuritilgan. 1967 yildan Akademik teatr. 1999 yildan hozirgi nomda. Teatr oʻz nomidan kelib chiqib, M.Gorkiy asarlarni sahnalashtirishga eʼtibor berdi ("Tubanlikda", "Dushmanlar", "Meshchanlar", "Yegor Bulichyov va boshqalar", "Soʻnggilar", "Quyosh bolalari" va b).

Ikkinchi jahon urushi yillari "Batalon gʻarbga boradi", "Rus kishilari", "Oleko Dundich", "General Brusilov" singari spektakllar qoʻyildi. Urushdan keyin teatr jamoasi Toshkent sanʼat intini tugatgan yoshlar bilan mustahkamlandi. Oʻsha davrda M.Mansurov, K.Yefremova, V.Aleksandrova, Ye.Zlobin, D.Alekseyev, N. Alekseyeva, P. Drozdov, V. Rusinov, N.Myagkova teatrning eng mashhur aktyorlari boʻlgan. Ularga Ye.Yavorskiy, M.Lyubanskiy, R.Tkachuk, V.Retsepter, I. Ledogorov kelib qoʻshilgan.

50-yillar teatr ijodiy faoliyatida keskin burilish boʻldi, yangi rejissura, yangi izlanishlar, yangicha ish uslubi natijasida jamoa yangi teatr shakllari asosida ijod qildi. "Chin inson qissasi" (B.Polevoy), "Qandala" (V.Mayakovskiy), "Qashshoq qalb tarixi" (M.Gorkiy), "Irkutsk voqeasi" (A.Arbuzov), "Shohi soʻzana" (A.Qahhor), "Paranji sirlari", "Maysaraning ishi" (Hamza), "Hamlet" (U.Shekspir), "Zulmat hokimiyati" (L.Tolstoy) kabi spektakllar bilan teatr oʻz mavqeini mustahkamladi. Dramaturgik asar dunyosiga chuqur kirish bilan oʻy va fantaziyalarning aniqligiga erishish, fikr dolzarbligi va ahamiyatiga alohida ahamiyat berish natijasi oʻlaroq mumtoz asarlardan "Jinoyat va jazo", "Chayka", "Don Karlos", "Revizor", "Yuksiz sayyoh" hamda "Lamanchalik kishi", "Xatolar komediyasi", "Momo yer", "Valentin va Valentina", "Avlobar bekasi", "Uch pullik opera" kabi spektakllar yuzaga keldi.

Mustaqillikdan soʻng kuchli aktyorlar guruhi shakllandi, maktabteatr studiyasi talabalaridan unumli foydalanish, turli mamlakatlar mualliflarining asarlarini sahnalashtirish yoʻlga qoʻyildi: "Grafinya Yuliya" (A.Strinberg), "Hamma bogʻda" (E.Olbi), "Buyuk magiya" (E.De Filippo), "Jorj Danden yoki jinni qilingan er" (J.Molyer), "Xizmatkorlar" (J.Jene), "Har toʻkisda bir ayb" (A.Ostrovskiy), "Mehmonxona bekasi", "Arlekino" (K.Goldoni), "Gogolni oʻynaymiz..." (N.Makyavelli), "Ayollar tangosi" (V.Aslanova) va boshqalar.

V.Rusinov, N.Myagkova, N.Sundukova, E.Dmitriyeva, O.Ovchinnikova, L.Stotskaya, G.Lukovnikova, V.Kudashkin, O.Volodina, S.Arxipov, D.Abdulina, O.Vasilyev, I.Kiryanov, A.Koshelev, K.Moshchenko, I.Nenashev, A.Oʻrmonov, L.Xoʻjayeva, T.Hoshimova va boshqalar teatrning yetakchi aktyorlaridir (2005). Teatrning badiiy rahbari — V.M.Shapiro.

Vladimir Ostrovskiy.