Kontent qismiga oʻtish

Provizor aʼzolar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Provizor a’zolarEmbriogenez jarayonida rivojlangan, embriondan tashqari homilaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydigan a’zolar. Ular muvaqqat, vaqtinchalik organlar bo’lib, homila tug’ilgandan so’ng tushib, yoqolib ketadi. Ulardan ayrimlari homilani o’rab turgani sababli homila qobiqlari deb ataladi. Provizor a’zolarga amnion, sariqlik qopi, allantois, xorion, platsenta va kindik yo’li kiradi. Provizor a’zolar trofoektoderma va embrionning uchta varag’idan rivojlanadi.

Embriondan tashqari a’zolarning umumiy hususiyatlari va farqlari: To’qimalarning rivojlanishi qisqa vaqt ichida va tez kechadi, biriktiruvchi to’qimada hujayralar kam, ammo, glikozaminoglikanlarga boy bo’lgan amorf modda ko’p. Embriondan tashqari a’zolarning qarishi juda tez va embrional rivojlanishning oxirida sodir bo’ladi.

Amnion
lotincha: Amnion
Sistema Provizor organlar

Amnion (homila pufagi, suvli parda) — amniotik suyuqlik (homila atrofidagi suyuqlik) bilan to’lgan bo’shliq. Rivojlanishning embrional va homilalik davrlari pufak ichida kichadi. Amnion avval tubida epiblast yotuvchi amniotik pufakcha shaklida paydo bo’ladi. Keyinchalik bu pufakcha katta amnion pufagi yoki qopchasiga aylanadi. Gastrulatsiya paytida embriondan tashqari mezodermaning hujayralari amniotik ektodermani o’rab olib, amnionni tashqi qavatini hosil qiladi. Kranial qism oxirida amnion bosh tomondagi burma, yon tomonlarida yon burmalar, kaudal qism oxirida dum burmasi hosil qiladi. Bosh, yon, dum sohasidagi amniotik burmalar embrionning ustki qismda birlashadi va amniotik bo’shliqni chok hosil qilib yopadi. Chok keyinchalik yoqolib ketib, tasmacha hosil bo’ladi. 7-haftada amnion pufagini o’ragan mezoderma xorionning homiladan tashqari mezodermasi bilan bog’lanadi. Keyinchalik amnionda kindik tizimchasini hosil qiluvchi amniotik oyoqcha hosil bo’ladi. U shu orqali kindik halqasi sohasida kindik tizimchasiga o’tadi va platsentaning homila qismiga borib, ularning epitelial qoplamini hosil qiladi.

Homila membranalar bilan biriktirilgan plasenta
Sistema Provizor organlar

Amnion devori amniotik epiteliydan va biriktiruvchi to’qimali xususiy pardadan iborat. Amniotik epiteliy homiladan tashqari ektodermadan hosil bo’ladi. Embriogenezning boshlanish davrida epiteliy bir qavatli yassi shaklda bo’lib, zich joylashadi. Taraqqiyotning 3 oyida epiteliy baland prizmatik shaklni oladi, ba’zi joylarda ko’p qatorli ham bo’ladi. Amnion epiteliysining yo’ldosh yoki platsentar qismi hujayralari amnion suyuqligi ishlab chiqaradi. Amnion pardaning qolgan qismi reabsorbsiya ya’ni suyuqlikni qayta so’rishga moslashgan. Amnion pardaning biriktiruvchi to’qimali qismi homiladan tashqari mezodermadan hosil bo’ladi, glikozominoglikanlarga juda boy.

Xususiyatlari

• Amniotik qopcha suyuqligi embrionni shikastlovchi mexanik ta’sirlardan himoya qiladi

• Homilani harakatlanishini qulaylashtiradi

• Embrionning atrofdagi to’qimalarga yopishib qolishini oldini oladi

• Suyuqlik yo’ldosh va kindik yo’lining homila tomonidan ezilishiga yo’l qo’ymaydi

• Bola tug’ilayotganda yo’llarni kengaytirish vazifasini bajaradi

Amniotik suv miqdori 10 haftada 30 ml, 20 haftada 350 ml, 38 haftada 800-100 ml ga yetadi. Homila o’pkasi ham amniotik suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, tug’ilganidan keyin so’rilib ketadi. Amnion suyuqligi har 3 soatda almashadi. 5 oydan boshlab homila o’rta hisobda kuniga 400 ml gacha amnion suyuqligini yutadi. Yutilgan suyuqlik hazm a’zolarining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shakllanishda bola terisi yog’simon modda bilan qoplanganligi sabab amnion suyuqligi unga salbiy ta’sir qilmaydi.

Amnion suyuqligi tarkibi Fayl:Amnion.jpg 99 % suv, 1% oqsil, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, noorganik moddalar, teri, nafas va siydik yo’llari epiteliy hujayralari, platsentadan kelgan immunoglobulin G va Immunoglobulin A (Antigenlarni neytrallaydi, adoptiv (passiv) immunitetni ta’minlaydi).

Sariqlik qopi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inson embrionidagi amniotik qop boʻshligʻi 1,3 mm.

Sariqlik qopibirlamchi ichakning embriondan tashqari qismi. Devori ikki qavatdan iborat: ichki qavat — embriondan tashqari entoderma, tashqi qavat — embriondan tashqari mezodermadan hosil bo’ladi. Sariqlik qopi to’liq shakllanib borishda uning qon tomirlari bachadon devoridan to’qimalarning yubqa qavati bilan ajraladi. Bu bilan homila bachadondan oziq moddalar va kislorodni singdirib oladi.

Xususiyatlari

• Sariqlik qopining embriondan tashqari mezoderma qismi qon yaratilish joyi (Gemopoez) bo’lib hizmat qiladi

• Unda birinchi qon orolchalari va tomirlari paydo bo’ladi

• Gemopoez funksiyasi 7-8 haftagacha davom etadi, keyinchalik sariqlik qopi reduksiyaga uchrab, bu funksiya yakunlanadi

• Qopning embriondan tashqari entodermasida vaqtinchalik epiblastdan hosil bo’lgan birlamchi jinsiy hujayralar (gonoblastlar) joylashadi. So’ngra ular o’zining doimiy joyiga – jinsiy bolishlarga ko’chib keladi.

Amnion burmalari sariqlik qopini ezib qo’yishi natijasida tor naycha (sariqlik poyachasi) hosil bo’ladi. U birlamchi ichak bo’shlig’i bilan bog’lanadi. U orqali keyinchalik allantoisning distal qismidagi xususiy qon tomirlari bilan birgalikda kindik tizimchasini hosil qiladi. Sariqlik poyachasi homila rivojlanishining 3-oyi oxirida butunlay bitib ketadi.

Allantois
Sistema Provizor organlar

Аllantois (yun. Allas — kolbasa, kolbasasimon) — sariqlik qopining orqa devori rivojlanishida 16-kunga kelib embriondan tashqari entoderma va mezodermadan hosil bo’lgan kichik bo’rtma sifatida shakllanadi. Allantois kloakaga ochiladi, uning distal qismi amniotik oyoqchaga kirib turadi. U odamlarda rudiment a’zo hisoblanadi. Embrionning 7-haftasida urorektal to’siq kloakani allantois bilan bog’langan to’g’ri ichak va siydik-tanosil qismlariga ajratadi. Shundan kelib chiqib uning proksimal qismi siydik siydik pufagi hosil bo’lishiga aloqador deb hisoblanadi.

Xususiyatlari

• Ilk taraqqiyot bosqichida embrional gemopoez (rivojlanishning 3-5 haftasida) va angiogenezda ishtirok etadi

• Kindik tizimchasining qon tomirlari shakllanishida, ularning xorion so’rg’ichlariga kirib borishida (angiogenez) ishtirok etadi

• Allantois tarkibidagi qon tomirlar gaz almashinuvi va moddalar almashinuvida qatnashadi

• Embriogenezning 2-oyida allantois degeneratsiyaga uchraydi

Kindik tizimcha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kindik tizimcha (Kindik tasmasi, kindik yo’li) — homilaning ventral devoriga yopishib turadi. U shilliq biriktiruvchi to’qima, qon tomirlar, sariqlik qopi va allantois rudimentlarini qamrab olgan amniotik membrana bilan qoplangan. Shakllangan kindik yo’li o’rtacha 50 sm uzunlikda bo’ladi, spiralsimon o’ralgan to’qimadan iborat. To’qima „Varton ivitmasi“ deb nomlanadi. Tarkibida gialuron kislotasi ko’p miqdorda bo’ladi.

Xususiyatlari

• Kindik tizimchasining moslashuvchanligini ta’minlaydi

• Kindik yo’li qon tomirlarini siqilishdan himoya qiladi

• Homilani oziq moddalar va kislorod bilan oziqlantiradi

• Zaharli moddalarni yo’ldoshdan homilaga ekstravaskulyar yo’llar orqai kirishiga to’sqinlik qiladi

• Himoya vazifasini bajaradi

  • K.A.Zufarov. Gistologiya. Toshkent: Ibn Sino, 2005 — 425-bet. 
  • Қ.Р.Тўхтаев. Гистология, цитология ва эмбриология. Toshkent: Toshkent, 2018 — 557-bet. 

1) https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/zoologiya/implantasiya-va-embrionning-provizor-organlar

2) https://uz.warbletoncouncil.org/desarrollo-embrionario-12156