Degeneratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Degeneratsiya (lot. degenero — bu-zilaman) — oʻsimlik, hayvon organizmidagi biror xil biologik belgi va xususiyatning irsiy kasalliklar yoki yashash sharoitining ogirlashib qolishi tufayli buzilishi, yomonlashib aynib qolishi. Baʼzi organ va toʻqimalarning normal individual rivojlanish jarayonida yoʻqolib ketishi (mas, itbaliklar oʻsib, baqaga aylanganda dumining yoʻqolishi), filogenetik taraqqiyot jarayonida kichrayib, boshqacha boʻlib qolishi yoki moddalar almashinuvi oʻzgarishi natijasida yemirilishi ham D. deyiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil