Kloaka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kloaka (lot. cloaka — axlat chiqarish nayi) — umurtqali hayvonlar toʻgʻri ichagining tashqariga ochiladigan kengaygan qismi. Toʻgarakogʻizlilar (miksinlar, minogalar lichinkasi), baliqlar (akulalar, skatlar, ikki xil nafas oluvchilar), barcha suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va kloakali sut emizuvchilarda K. boʻladi. Koʻpchilik sut emizuvchi xayvonlarda K. boʻlinib, siydik — jinsiy sinusni va toʻgʻri ichakning oxirgi qismini hosil qiladi. K.ga siydik yoʻli, jinsiy yoʻl, baʼzan siydik pufagi ochiladi. K. bir qancha umurtqasizlar (hasharotlar, toʻgarak chuvalchanglarning erkagi, ogʻiz aylangichlilar)da boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil