Reduksiya
Qiyofa
Reduksiya (lotincha: reductio — orqaga qaytarish, qaytish; qisqarish, kamayish) (biologiyada) — 1) ajdodlarda (filogenetik R.) yoki individual rivojlanishning dastlabki davrlarida yaxshi rivojlangan organlar yoki strukturalarning toʻliq rivojlanmasligi (ontogenetik R.) yoki butunlay yoʻqolib ketishi. Masalan, gʻorlarda yashaydigan baʼzi hayvonlar koʻzining atrofiyata uchrashi, baʼzi suvoʻtlar ildizining, ayrim oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi shumgʻiya barglarining yoʻq boʻlib ketishi va boshqa; 2) meyoz natijasida hujayralarda xromosomalar sonining kamayishi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |